Snapdragon 898 chipi bilan jihozlanadigan Huawei Mate 50 smartfoni 2022 yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi

Snapdragon 898 chipi bilan jihozlanadigan Huawei Mate 50 smartfoni 2022 yilning birinchi choragida sotuvga chiqariladi

Huawei'ning shonli kunlari ortda qoldi. Turli sanksiyalar hamda komponentlarining yetishmasligi sabab kompaniya dunyo bozorida o‘z mavqeyni yo‘qotdi. Yil boshida P50 seriyasining taqdim etilishi to‘rt oyga kechiktirilgan edi. Xuddi shunday holat mana endi Mate 50 seriyasi bilan ham sodir bo‘lmoqda.

Digital Chat Station manbasi Huawei Mate 50 smartfoni LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 898 chipi bilan jihozlanishi haqida xabar bermoqda. U 2022 yilning birinchi choragida taqdim etiladi.

Manbada aytilishicha, yangi smartfon SM8425 SoC'ga ega bo‘lib, bu hali taqdim etilmagan Snapdragon 898'ning model raqami hisoblanadi.

O‘QING: Rasmiy ro‘yxat: 2021 yil avgustgacha HarmonyOS proshivkasini olgan 65 xil Huawei hamda Honor smartfon va planshetlari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.