Snapdragon 898 chipining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Snapdragon 898 chipining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Qualcomm o‘z veb-saytida 2021-yil 30-noyabrdan 2-dekabrgacha Tech Summit tadbiri bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. 

Snapdragon 898 chipi esa shu kunlarda taqdim etilishi kutilmoqda. Avvalgi mish-mishlarda ushbu chipga birinchi bo‘lib Xiaomi 12 smartfoni ega bo‘lishi aytilgan edi. Ushbu smartfon esa yil oxirigacha taqdim etiladi. 

Taxminlarga asoslanadigan bo‘lsak, yangi chip 30 noyabr yoki 1-dekabr sanalarida taqdim etiladi. Bir necha manbalar avvalroq chipning texnik jihatlari haqida ma’lumot bergandi. 

Unga ko‘ra, chip 3.0 gigagertsli chastotada ishlaydigan ARM Cortex-X2 yadrosi, 2.5 gigagertsli chastotali uchta Cortex-A710 yadrosi va nihoyat 1.79 gigagertsli to‘rtta Cortex-A510 yadrosiga ega bo‘lishi kutilmoqda. 

Grafik protsessor - Adreno 730 ekanligi avval ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu yangi grafik protsessori avvalgi Adreno 660'dan 20% ko‘proq unumdorlikni taqdim etadi. 

Aloqa bog‘lanishlari uchun chipga X65 5G modemi o‘rnatilgan bo‘lib, uning tarmoqdan yuklash maksimal tezligi 10Gbt/sekundni tashkil qiladi. 

O‘QING: Kelayotgan yilning bo‘lg‘usi flagman protsessori benchmarkda «imtihon topshirdi» 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.