Snapdragon 898 va Dimensity 2000 chiplarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Snapdragon 898 va Dimensity 2000 chiplarining texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Weibo'dagi ishonchli tipster Snapdragon 898 hamda Dimensity 2000 chiplari haqida ma’lumotlarni oshkor qildi. 

Snapdragon 898 chipi Samsung'ning 4 nanometrlik jarayoni asosida ishlab chiqariladi. SoC'da 8 yadroli CPU bo‘lib, u 3 GHz Cortex-X2 asosiy yadro, 2.5 GHz Cortex-A710 unumdorlikka asoslangan yadro, 1.79 GHz Cortex-A510 quvvatni tejaydigan yadrodan iborat bo‘ladi. Adreno 730 GPU esa grafikani talab qiladigan ish yuklamalari bilan shug‘ullanadi.

Dimensity 2000 chipi ham xuddi shunday tuzilishda bo‘ladi, lekin uning uchta yadrosi 2.85 GHz'da ishlaydi. Bu Snapdragon 898'nikiga qaraganda kuchliroq bo‘ladi. Mali-G710 MC10 chipning GPU qismi hisoblanadi. Shuningdek, Dimensity 2000 o‘z navbatida 4 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan bo‘ladi. 

O‘QING: USB-A vs USB-C: ikkalasi o‘rtasida qanday farq bor? 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!