Snapdragon Dimensity'ga ikki karra yengildi

Snapdragon Dimensity'ga ikki karra yengildi

Master Lu benchmarki 2022-yil uchinchi choragiga ko'ra smartfonlar uchun chiplarning ishlashi bo'yicha reytingni e'lon qildi. Unda ushbu sohadagi ikki gigant kompaniya: Qualcomm va MediaTek chiplari o'zaro bahs olib borgan. Ularning eng so'nggi va eng kuchli mahsulotlari hozirda Snapdragon 8+ Gen 1 va Dimensity 9000+ bo'lib, reytingga ko'ra Dimensity biroz kichik farq bilan Snapdragon'dan o'tib ketgan va birinchilikni egallashga muvaffaq bo'lgan. Biroq, shuni ham aytish kerakki, Snapdragon 8+ Gen 1 grafika borasida Dimensity'dan biroz ustunlikka ega chiqqan.

Uchinchi va to'rtinchi o'rinlar esa yuqoridagi ikki modellarning oddiy versiyasi, Dimensity 9000 va Snapdragon 8 Gen 1 tomonidan band qilingan. E'tiborga molik yana bir narsa shuki, ro'yxatda Snapdragon 870, o'zidan katta bo'lgan Snapdragon 888 dan o'tib ketgan.

O'QING: Ommabop smartfonlar top o‘ntaligi (40 hafta)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!