Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

  •   DiMaX
  •  847
  •  10.05.2018 11:46

Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

Twitter mikrobloglar servisi dasturchilari hozirda unga muhim bir jihatni tatbiq etish ustida ish olib borishmoqda. Ya’ni, yaqin orada ushbu servisning Android-ilovasida foydalanuvchilar, xuddi Telegram’dagi kabi, shifrlangan xabarlar orqali o‘zaro muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Snouden Telegram'ning bloklanishi bo‘yicha fikrini bildirdi

Yaqinda dasturchilar Android tizimi uchun ishlab chiqilgan Twitter ilovasi APK-faylining yangi talqinini o‘rganib chiqishdi. Ularning aniqlashlaricha, dastur kodlarida xabarlarni «end-to-end» turida shifrlashga ishoralar mavjud. Bu degani – Twitter orqali yozishayotgan foydalanuvchilarning o‘zaro xabarlaridagi barcha ma’lumotlar bevosita ularning qurilmalarida shifrlanadi. Bu esa xuddi Telegram’dagi maxfiy yozishma kabi ishonchli bo‘lib, foydalanuvchilarning yozuvlarini uchinchi tomonlar, hatto Twitter xodimlari ham o‘qiy olmaydilar.

Xabarga ko‘ra, maxfiy yozishmalar uchun Twitter’da alohida maxsus opsiya paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, mikrobloglar servisida maxfiy xabarlashuvlar qachon joriy etilishi hozircha noma’lum, bu haqda biror rasmiy izoh ham berishmagan. Ammo kuzatuvchilar fikricha, bu opsiya ilovaga yaqin kelajakda kiritiladi.

Aytish kerakki, Twitter’da yozishmalarni shifrlash g‘oyasi AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snoudendan chiqqan. Buni u servis rahbari Jek Dorsi bilan kechgan yozishmada maslahat bergan edi.

O‘QING: Nima sababdan maxsus xizmatlar Telegram'ni yomon ko‘radilar?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!