Snouden o‘z gonorarini AQSh hukumati bilan bo‘lishishga rozi

  •   DiMaX
  •  620
  •  22.09.2020 16:00

Snouden o‘z gonorarini AQSh hukumati bilan bo‘lishishga rozi

AQSh Milliy xavfsizlik agentligi hamda MRB sobiq xodimi Edvard Snouden o‘zining «Shaxsiy ish» kitobi sotuvi hamda ma’ruzalaridan tushgan mablag‘lar hisobidan Qo‘shma Shtatlar hukumatiga 5 million dollardan ko‘proq mablag‘ni o‘tkazib berishga rozi bo‘ldi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Snouden maslahatiga ko‘ra, Twitter’ga ham Telegram’ning muhim xususiyati tatbiq etiladi

AQSh hukumati da’vosida Snouden maxsus xizmatlarda ishlagan paytida ma’lumotlarni ochiqlamaslik to‘g‘risidagi majburiyatga zid ravishda keyinchalik memuarlar chop etgani, xususan, «Shaxsiy ish» sotilishidan tushgan barcha daromadlar AQShga tegishli ekani ta’kidlangan edi.

Amerika OAVlariga ko‘ra, Snouden o‘z kitobini sotishdan shu paytgacha 4,2 million dollar, maxfiy ma’lumotlar ochiqlangan chiqishlaridan esa bir million dollardan ko‘proq ishlagan, deyiladi TASS xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Edvard Snouden 2013 yili Amerika maxsus xizmatlari internet orqali qanday ishlayotganini, jumladan, xorij rahbarlari so‘zlashuvlarini kuzatib borishini oshkor qilgandi.

AQSh hukumati ta’qibidan qutulish uchun sobiq maxfiy agent qator mamlakatlardan boshpana so‘ragan va 2014 yilda Rossiya uni uch yilga qabul qilgandi. Keyinchalik bu muddat yana shunchaga uzaytirilgan.

O‘QING: Yevrokomissiya: «Smartfoningizdan bu uchta ilovani tezda o‘chirib tashlang!»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!