Sobiq prezident vanihoyat o‘z ijtimoiy tarmog‘ini chiqardi

Sobiq prezident vanihoyat o‘z ijtimoiy tarmog‘ini chiqardi

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Donald Tramp rasmiy sahifalari bir nechta ijtimoiy tarmoqlarda bloklanganidan keyin, o‘tgan yili oktyabrda u o‘zining Truth Social nomli ijtimoiy tarmog‘ini yaratganini ma’lum qilgan edi. 

Truth Social shu kungacha mehmonlar va 500 ta atrofida beta-test sinovchilari uchun ochiq edi xolos. Vanihoyat, bugun App Store ilovalar do‘konida yangi ijtimoiy tarmoq yuklab olish uchun ochilgan va unga oldindan buyurtma berganlar uchun avtomatik tarzda yuklangan. 

Trump Media & Technology Group kompaniyasi tomonidan chiqarilgan ilova ko‘proq Twitter'ga o‘xshab ketadi va unda foydalanuvchilari o‘z "haqiqatlarini" post qilishlari mumkin bo‘ladi, biroq "haqiqatlar"ni tahrirlash xususiyati hozircha ishga tushirilmagan.

Ba’zi foydalanuvchilar ilovada akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazishda muammo borligini yoki "Ko‘p talab tufayli sizni kutish ro‘yxatiga joylashtirdik" degan xabar bilan kutish ro‘yxatiga qo‘shilganlarini xabar qilishgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Truth Social faqat iOS uchun chiqarilgan va hech bo‘lmaganda Amerika uchun ilovaning to‘liq tarqatilishi mart oyi oxirigacha belgilangan. 

O‘QING: AQSh Xitoyning eng mashhur ikkita ilovasini qora ro‘yxatga kiritdi