Socratic - ta’lim olishni yanada qulaylashtiruvchi ilova!

Socratic - ta’lim olishni yanada qulaylashtiruvchi ilova!

Google kompaniyasi talaba va o‘quvchilarga mo‘ljallangan Socratic dasturining yangilangan talqinda tadim etdi. Korporatsiya dasturni sun’iy intellekt yordamida takomillashtirgan va endi matematik formula yoki yechimlarni hisoblash uchun, uni suratga olishning o‘zi yetarli. Natija esa shu onda ekranda aks etadi.

Socratic ma’lumotlarni ochiq bazadan hamda Youtube singari servislardan olishi mumkin. Dastur Algebra, trigonometriya, geometriya, biologiya, kimyo, fizika, tarix va adabiyotga oid bo‘lgan savollarga javob bera oladi. Ma’lum bir masalani suratga olgan holda foydalanuvchi bir necha soniyalar ichida taklif qilingan javoblar ro‘yxati va ularga yo‘naltirilgan havolaga ega bo‘ladi.

Dasturda shuningdek, 1000 dan ziyod mavzulashtirilgan ma’lumotnomalar bo‘lib, ta’lim olish jarayonida ulardan foydalanish ancha qulay. Sun’iy ongli ilovani allaqachon iOS foydalanuvchilari yuklab olishlari mumkin. Turli tillarni qo‘llab-quvvatlovchi ilovaning Android talqindagisini esa kuzgacha kutishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Bugun MIUI'ning tug‘ilgan kuni! U necha yoshga to‘ldi?!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!