So‘kinish taqiqlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yanada ko‘proq so‘kinadigan bo‘lishdi

  •   DiMaX
  •  764
  •  06.02.2021 14:01

So‘kinish taqiqlanganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda yanada ko‘proq so‘kinadigan bo‘lishdi

Rossiyada joriy yilning 1 fevralidan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda so‘kinish taqiqlanib, tarmoqlar ma’muriyatlariga g‘ayriaxloqiy so‘zlarni o‘chirish tayinlangan edi. Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor tan olishicha, bunga taqiq yo‘li bilan erishish mushkul ekan.

O‘QING: Internetda qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz so‘kinish mumkin? Roskomnadzor buni misoli bilan ko‘rsatib berdi!

«Medialogiya» aynan 1–2 fevral kunlari rossiyaliklar ijtimoiy tarmoqlarda ishlatgan so‘kish so‘zlarni hisoblab ko‘rdi. Aytish kerakki, bu kompaniya ommaviy axborot vositalarini hamda ijtimoiy tarmoqlarni real vaqt rejimida monitoring va tahlil qilib boruvchi avtomatik tizimni ishlab chiqqan.

Xullasi kalom, 2021 yil fevralining ilk ikki kunida «VKontakte», «Odnoklassniki», Facebook, Twitter, Instagram tarmoqlarida rossiyaliklar so‘kish so‘zlari ishtirokida jami 646,1 mingtacha post e’lon qilishgan. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili fevralning boshidagi ikki kunda ayni shu tarmoqlarda bor-yo‘g‘i 426,5 mingtacha so‘kinishgan ekan.

Darvoqe, O‘zbekistonda internet OAV vakillari va blogerlar veb-sahifalariga qonunga zid sharhlar yozilganda ularni aniqlash va zudlik bilan o‘chirib yuborish tartibi qonun bilan tasdiqlangan.

O‘QING: OGOH BO‘LING: Sizning nomingizdan so‘kinadigan Android-virus chiqdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!