So'nggi yangilanish: Galaxy S10 seriyasidagi smartfon uchun One UI 5 tarqatilmoqda

So'nggi yangilanish: Galaxy S10 seriyasidagi smartfon uchun One UI 5 tarqatilmoqda

O'tgan oy oxirida One UI 5 versiyasini chiqargandan so'ng, Samsung tez sur'atda ko'plab smartfonlarini ushbu versiyaga yangiladi. Garchi hali "modadan qolmagan" bo'lsa ham, afsuski, Galaxy S10 smartfonlari ushbu yangilanishni qabul qilishmaydi, Galaxy S10 Lite'dan tashqari.

SamMobile bergan ma'lumotlarga ko'ra, Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy S10 Lite smartfoni uchun Yevropada, aniqrog'i, Ispaniyada Android 13'ga asoslangan G770FXXU6HVK5 proshivka versiyasidagi One UI 5 yangilanishini tarqatishni boshlagan. Yangilanish, shuningdek, noyabr oyi xavfsizlik yamog'ini ham o'z ichiga oladi, garchi smartfon allaqachon buni oy boshida qabul qilgan bo'lsa ham.

Galaxy S10 Lite smartfoni Galaxy S10 seriyasi chiqarilganida bir yil o'tib Android 9 emas, balki Android 10 bilan taqdim qilingan edi va shu sabab ham original Galaxy S10 smartfonlari Android 12 bilan yakunlangan bir paytda, Lite modeli Android 13'ni ham qabul qilmoqda.

O'QING: Ikki yil avvalgi o‘rta sinf Galaxy smartfoni ham One UI 5 yangilanishini qabul qilishni boshladi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!