Sony aytadiyam, qaytadiyam: PlayStation 5 taqdimoti bekor qilindi!

  •   DiMaX
  •  387
  •  02.06.2020 12:44

Sony aytadiyam, qaytadiyam: PlayStation 5 taqdimoti bekor qilindi!

PlayStation 5 o‘yin pristavkasining taqdimot kunini Sony kompaniyasi rasman e’lon qilgan edi. Endi esa, Android 11 operatsion tizim talqinining namoyishi bekor qilingani kabi, mazkur onlayn tadbir ham qoldirildi.

O‘QING: Ikki qismli luter-shuter o‘yinni 4 iyungacha bepul olib qo‘ying! (+video)

Sony’ning yangi tvitida ta’kidlanishicha, hozir yangi mahsulotlar taqdimotini nishonlaydigan palla emas. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda AQShda politsiyachi afroamerikalikni o‘ldirib qo‘ygani ortidan yuzaga kelgan norozilik namoyishlari nazarda tutilmoqda.

Afsuski, PlayStation 5 rasmiy namoyishi aynan qaysi sanaga qoldirilganini Sony aytmagan ham. Bu boradagi va o‘yinlar sohasidagi yangiliklarni Terabayt.uz saytining «O‘yinlar» bo‘limida kuzatishda davom eting.

O‘QING: PlayStation 5’ga chiqadigan barcha 38 ta o‘yin rasmiy ro‘yxatda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!