Sony Ericsson taqdim etmagan, uch ekranli buklamafon-pleyer sotuvga chiqdi

  •   DiMaX
  •  944
  •  23.05.2020 10:57

Sony Ericsson taqdim etmagan, uch ekranli buklamafon-pleyer sotuvga chiqdi

Sensor ekranli smartfonlar davridan oldin Sony Ericsson qo‘shma brendi telefonsozlar orasida yetakchilardan biri edi. Uning 300 000 dollarlik Black Diamond modeli esa eng qimmat smartfonlar o‘ntaligiga kirgan.

O‘QING: Kompaniyalar “imzosi”ga aylangan muvaffaqiyatli mobil telefonlar

Bundan o‘n besh yil avval mazkur kompaniya Sony Ericsson W707 rusumli gibrid telefon tayyorlagan, ammo taqdim etmagan ekan. Mazkur qurilma «raskladushka» form-faktorli telefon hamda raqamli pleyerning chatishmasi bo‘lib, Alicia kodli nomi ostida tayyorlangan.

Rasman taqdim etilmagan Sony Ericsson W707 prototipi yaqinda Ebay auksioniga qo‘yildi va rasmlari oshkor bo‘ldi. Gadjet uchta ekranga ega: ichkari qismida asosiy katta ekrandan tashqari, qopqog‘ida ixcham displey bor – telefon yopiq holida unda tizim ma’lumotlari (akkumulyator quvvat darajasi, aloqa sifat ko‘rsatkichi, ulanishlar belgilari) aks etgan.

Telefon qopqog‘ida, ikkinchi ekran ostida doirasimon yana bitta sensorli displey mavjud – u asosan pleyerni boshqarishga xizmat qiladi va strelkali soat siferblatini aks ettiradi. Sony Ericsson W707 shu jihatidan Apple iPod pleyerlariga ham o‘xshab ketadi.

O‘QING: Noodatiy dizaynga ega 10 ta mobil telefon

Devays qolgan jihatlariga ko‘ra o‘sha davrdagi telefonlar bilan bir xil bo‘lib, ishlab chiqarishga tayyor bo‘lsa-da, negadir bekor qilingan.

Buyuk Britaniyadagi Ebay auksionida Sony Ericsson W707 prototipi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va uning boshlang‘ich narxi 299 funt sterling (taxminan 364 AQSh dollari) qilib belgilangan.

O‘QING: Kadrlarga muhrlangan tarix: zamonaviy texnikalarni 2005 yilgilari bilan taqqoslaymiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!