Sony hali chiqmagan iPhone SE 2’ga raqobatchi smartfon tayyorlayapti

  •   DiMaX
  •  925
  •  02.12.2019 13:00

Sony hali chiqmagan iPhone SE 2’ga raqobatchi smartfon tayyorlayapti

Apple korporatsiyasining ixcham flagmani – iPhone SE jahon jamoatchiligi tomonidan yaxshi kutib olingan. 2020 yili uning davomchisi – iPhone SE 2 namoyishi kutilmoqda.

O‘QING: 2020 yilda Apple tarixdagi eng yirik va o‘ta ixcham iPhone’larni chiqaradi

Jahon ommaviy axborot vositalarining yozishlaricha, Sony ham xuddi u kabi ixcham smartfon ustida ishlamoqda. Yangi qurilma ham Xperia 1 hamda Xperia 5 kabi cho‘zinchoq shaklga ega, ekranining tomonlari o‘zaro 21:9 nisbatli, ammo o‘lchamlari ancha kichkina bo‘ladi.

Xperia Compact turkumining yangi vakili korpusi 138x60 millimetrlik, displeyi esa diagonaliga 5,5 dyuymlik bo‘lishini aytishmoqda. Ya’ni, bu qurilma eng ensiz Xperia smartfoni bo‘lib, qo‘lda qulay o‘rnashishi bilan iPhone SE modeliga o‘xshaydi (uning eni – 59 millimetr).

Sony ixcham smartfonini Snapdragon 665 protsessori bilan ta’minlashi va fevraldagi MWC 2020 ko‘rgazmasida rasman taqdim etishi kutilmoqda.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!