Sony kiyim ichidan qo‘yiluvchi kuchli konditsioner taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1105
  •  27.07.2019 10:22

Sony kiyim ichidan qo‘yiluvchi kuchli konditsioner taqdim etdi (+video)

Mashhur yapon kompaniyasi o‘zining First Flight kraudfanding platformasida yangi mahsulotini taqdim etdi. Reon Pocket nomli mazkur qurilmani portativ qishki/yozgi konditsioner, deyish mumkin.

O‘QING: Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

Sony Reon Pocket kishini sovitishi ham, isitishi ham mumkin, unda avtomobillarda qo‘llanuvchi Pelte elementi ishlatilgan. Gadjet kiyim ichkarisidan, ikki kurak o‘rtasiga qo‘yiladi va Bluetooth-ulanish orqali smartfondan buyruq berilib harorat sozlanadi.

Reon Pocket batareyasi ikki soatda to‘liq quvvatlanadi va keyin konditsionerning 90 daqiqa faol ishlashiga yetadi. Mana, uni quyidagi videoda ko‘rishimiz mumkin:

Sony ushbu gadjetini 130 dollarga baholagan. Hozircha uning uchun mablag‘ to‘plash ishlari ketmoqda, sotuvga esa 2020 yili chiqariladi.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa narxi 2 485 000 so‘mdan boshlanuvchi konditsionerlarni sotib olish yoki atigi 365 000 so‘mdan boshlangan ventilyatorlarni xarid qilish mumkin.

O‘QING: Konditsionerdan to‘g‘ri foydalanishni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.