Sony kompaniyasi o‘yinbop smartfonni taqdim etdi

Sony kompaniyasi o‘yinbop smartfonni taqdim etdi

Sony kecha o‘zining Xperia 1 IV uchun sovutish tizimi va to‘rtta qo‘shimcha portga ega yangi o‘yin aksessuarlarini taqdim etdi. Bundan tashqari, kompaniya 16GB tezkor, 512GB doimiy xotiraga ega yangi Xperia IV Gaming Edition smartfonini ham e’lon qildi.

O‘yin uchun mo‘ljallangan yangi smartfon dizayn hamda texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha oddiy Xperia IV modelidan umuman farq qilmaydi. Qurilma 120 gerts chastotada ishlovchi 4K rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli OLED displey, Snapdragon 8 Gen1 chipi hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Xperia IV Gaming Edition smartfonini sotib olgan xaridorlarga Xperia Stream aksessuari sovg‘a sifatida qo‘shib beriladi. 

Smartfon Yaponiyada 15 sentyabr sanasida rasman sotuvga chiqadi. Uning narxi 1225 dollarni tashkil qiladi. Hozircha qurilmaning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum. 

O‘QING: OnePlus 11 Pro sifatli renderlarda tarqatildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!