Sony nihoyat PlayStation 5 uchun DualSense geympadini taqdim etdi

  •   DiMaX
  •  954
  •  08.04.2020 17:47

Sony nihoyat PlayStation 5 uchun DualSense geympadini taqdim etdi

Yapon kompaniyasi PlayStation 5 konsolini e’lon qilganidan buyon uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Saytimizda pristavkaning render videosi, shuningdek, konsolning va geympadning ilk «jonli» rasmlari ham e’lon qilingan. Yana...

O‘QING: PlayStation 5 narxi va deyarli barcha xususiyatlari e’lon qilindi

Sony hozircha mazkur o‘yin konsolida o‘ynaladigan yangi geympadini namoyish qildi. Mazkur kontroller avval kutilganidek DualShock 5 emas, balki endi Sony DualSense deb nomlangan. Bu devays noodatiy ikki xil rangli dizaynga ega, korpusning katta qismi oq rangda. Ehtimol, PlayStation 5 konsolining o‘zi ham shunga o‘xshashroq dizaynda chiqar.

Kompaniyaning tasdiqlashicha, yangi kontroller yanada batafsil vibrota’sirga ega bo‘lib, turli o‘yinlarda mutlaqo yangi taassurotlar baxsh etadi. Bundan tashqari, L2 hamda R2 tepkilariga adaptiv triggerlar biriktirilgan – ular bosilganida, o‘yindagi muayyan harakatlarga mos tarzda qarshilik ham ko‘rsatadi. Misol sifatida o‘yinda kamon ipining tortilishi keltiriladi – unda oddiy avtomat tepkisini bosgandagidan ko‘ra ko‘proq kuch ishlatiladi.

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Yangi geympad paneliidan «Ulashish» (Share) tugmachasi olib tashlangan. Uning o‘rniga endi «Yaratish» (Create) tugmachasi o‘rnatilgan. Bu yangi element o‘yin kontentini yaratishning yangi usullariga mas’ul; ammo bular haqida Sony keyinroq batafsil ma’lumot bermoqchi.

Shuningdek, DualSense kontrolleri yaxshilangan mikrofonlar jamlanmasiga ega, ular o‘yindagi do‘stlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Geympadning yorug‘lik paneli sensor hududni chap va o‘ng tomonlaridan yoritadi, bu esa unga ko‘proq diqqat jalb etadi, deyishmoqda ishlab chiquvchilar. Ayrim insayderlar bu kontrollerda displey ham bo‘lishini aytishgandi, ammo DualSense’da umuman ekran yo‘q. Uni quvvatlash uchun esa USB-C porti qo‘llanadi.

Shuncha takomillashtirishlar bilan birga, Sony mazkur gadjetining og‘ir bo‘lib ketmasligiga hamda yuqori avtonomlikka ham e’tibor qaratgan. DualSense’ning qolgan barcha xususiyatlarini Sony o‘zining yangi – PlayStation 5 pristavkasi taqdimotida oshkor etmoqchi.

O‘QING: Ishlayotgan holdagi PlayStation 5 interfeysini ilk bor «jonli» ko‘rsatishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.