Sony'ning 2018 yilgi flagmani "qo‘lga tushdi"

Sony'ning 2018 yilgi flagmani

Insayder va texnobloglarning yozishlaricha, Sony dizaynerlari va muhandislari yangi avlod Xperia flagmanlari ustida jiddiy bosh qotirishmoqda. Uning ishchi nomi hozircha Sony Xperia H8216. Izlanishlar natijasi yomon emas.

Kecha internet tarmog‘ida Sony 2018 yilda taqdim qiladigan kuchli "bayroqdor" smartfonning suratlari tarqaldi. Suratga ko‘ra, mobil qurilmaning orqa panelida 12 megapikselli modullardan iborat qo‘sh sensorli osh kamera bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5,5 dyuymli, HDR sig‘imli Full HD-ekran bilan ta’minlanishi kutilayotgan bu flagman Snapdragon 845 platformasiga, 3130 mA soat tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Yangi avlod Sony Xperia flagmani 4/64 Gb xotira, 15 Mp sig‘imli old kamera, IP65/IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan korpusga ega bo‘ladi.

Bu gal ham smartfon korpusining dizayniga diqqat qaratilgan va Sony ishqibozlarining sevimli "istara" saqlab qolingan: yaxlit metalldan iborat korpus yonlari va tom qismi yassi uslubda ishlangan.

Old paneldagi romdan xoli ekran jozibadorligi bilan boshqa raqiblarni uyaltirishi ma’lum qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!