Sony’ning yangi flagmani Galaxy S9 va iPhone X «kushandasi» bo‘lishi mumkin (+video)

  •   DiMaX
  •  2296
  •  18.11.2017 17:01

Sony’ning yangi flagmani Galaxy S9 va iPhone X «kushandasi» bo‘lishi mumkin (+video)

Joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan IFA 2017 ko‘rgazmasida Sony kompaniyasining mobil bo‘limi, korporatsiyaning 2018 yilga rejalari ulkan ekanini aytgan edi. Shu kunlarda ma’lum bo‘lishicha, Sony koreyaliklarning Galaxy S9 hamda kupertinoliklarning iPhone X flagmanlarini ham dog‘da qoldiruvchi smartfon tayyorlabdi, deb yozadi AKKet.

O‘QING: Sony birdaniga ikkita smartfon taqdim etdi

Kecha GFXBench benchmarkida Sony kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, model raqami H8521 Pro-A bo‘lgan smartfon testdan o‘tkazib ko‘rilgan. Uning texnik xususiyatlarini ko‘rib faqat lol qolish mumkin, deyiladi xabarda.

Yangi qurilma 2,6 GGs takt chastotasida ishlovchi, 8 yadroli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bazasiga qurilgan. Unga Adreno 550 grafik tezlatgichi, 6 GB tezkor xotira va 128 GB doimiy flesh-xotira o‘rnatilgan. Smartfon 18 megapikselli asosiy va 12 megapikselli old kameraga ega bo‘lib, ularning har ikkalasi 4K sifatida video tasvirga olishga qodir.

Yapon korporatsiyasining ushbu smartfoni uchun allaqachon konseptual video ham tayyorlangan. Marhamat, uni tomosha qiling:

O‘QING: Kutilmaganda iPhone X'ning yana bir "kushandasi" haqida xabar tarqaldi

Sony’ning bo‘lajak flagmaniga operatsion tizim sifatida eng yangi – Android 8.1 Oreo talqini tanlangan. H8521 Pro-A indeksiga ega bu modelning nomi hozircha oshkor etilmagan. Ehtimol, ishlab chiqaruvchi uni kelasi yil fevralning oxirida bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasida namoyish etar. Yoki flagman taqdimoti undan ham ertaroq – 9–12 yanvarda o‘tkaziladigan CES 2018 tadbiriga mo‘ljallangandir.

Yaponlarning yangi flagmani haqidagi xabarlardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.