Sony o‘zining flagman quloqchinini taqdim etdi

Sony o‘zining flagman quloqchinini taqdim etdi

Sony kompaniyasi ommabop WH-1000XM4 quloqchining yangi avlodi WH-1000XM5'ni taqdim etdi. Yangi modelga yangi funksiyalar qo‘shilgan hamda uning texnik ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Shu bilan birga quloqchinning narxi ham oshgan. 

WH-1000XM5 quloqchini yangicha dizaynda yaratildi. Endi ikki eshitish vositasini ulovchi vosita silindrsimon shakliga kirdi. Yangi qurilmaning quloqchalari yon tomonga aylanishi mumkin, lekin avvalgi modeldagi kabi ichkariga bukila olmaydi. Shuning uchun uning qutisining hajmi ham kattalashdi. 

Qurilma ikkita QN1 audio protsessorli yangi 8 mikrofonli tizimga ega. Sony'ning ta’kidlashicha, WH-1000XM5 o‘zidan oldingi modelga qaraganda, ayniqsa o‘rta va yuqori chastotalarda shovqinni yo‘qotish bo‘yicha yaxshiroq ishlay oladi. 

Yangi quloqchin, shuningdek, yangi drayverlar bilan jihozlandi. 30 mm drayverlar oldingi avlod modelidagi 40 mm dan kichikroq, ammo Sony ular yuqori chastotali javobni yanada tabiiy ovoz sifati bilan yaxshilaganini aytmoqda. Eshitish vositasi avvalgidek SBC, AAC va LDAC Bluetooth imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Boshqa funksiyalarga ko‘p nuqtali ulanishga ega Bluetooth 5.2, Google Fast Pair va Windows Swift Pair'ni qo‘llab-quvvatlash, atrofdagi shovqin qaytarish rejimi, imo-ishoralar bilan boshqarish, va Google/Alexa asistetlarini qo‘llab-quvvatlash kiradi. 

Shovqinni qaytarish rejimi yoniq bo‘lganda quloqchin 30 soat, o‘chiq bo‘lganda esa 40 soat ishlab bera oladi. Qurilma USB-C porti bilan quvvat oladi. 

Sony WH-1000XM5 modeli 400 dollarga baholanmowda, bu WH-1000XM4 modelidan 50 dollarga qimmatroq degani. Quloqchin qora va kumush rangda taqdim etildi. 

O‘QING: Sony Xperia 1 IV smartfoni taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.