Sony PlayStation tarixiy rekord o‘rnatib, Ginness kitobiga kirdi!

  •   DiMaX
  •  1017
  •  03.12.2019 15:55

Sony PlayStation tarixiy rekord o‘rnatib, Ginness kitobiga kirdi!

Yaponiyalik yetakchi texnogigant o‘zining PlayStation 5 o‘yin konsolini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Uning bungacha taqdim etilgan pristavkalari esa dunyo bo‘ylab yaxshi sotilmoqda.

O‘QING: PlayStation 5 va yangi geympadni ilk bor «jonli» rasmda ko‘ramiz!

Jumladan, joriy yilda Sony PlayStation 4 pristavkasi o‘zining «ajdod»i – PS1 modelini quvib o‘tib, tarixdagi ikkinchi eng ommabop xonadon o‘yin konsoli bo‘ldi. Jahonda eng ko‘p sotilgani ham shu kompaniya mahsuloti – PlayStation 2 hisoblanadi.

Endi esa Sony yangi ma’lumotni tarqatdi: PlayStation tarixdagi eng ko‘p sotilgan xonadon o‘yin pristavkalari brendi sifatida qayd etilibdi. Joriy yilning 7 noyabri holatiga ko‘ra, 450 milliondan oshiq PlayStation konsollari sotilgan va bu yutuq Ginnessning rekordlar kitobiga rasman kiritilgan.

PlayStation 5 hali kelasi yilning oxirlarida savdoga chiqarilishini Sony rasman tasdiqlagan. Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli o‘yin pristavkalarini 2 870 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: «Terminator»dagi robotning bosh suyagi qo‘shilgan Xbox One X chiqdi, uni siz ham tekinga olishingiz mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!