Sony rasman PlayStation 5 chiqish vaqti, narxi va eksklyuziv o‘yinlarini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  3623
  •  17.09.2020 12:59

Sony rasman PlayStation 5 chiqish vaqti, narxi va eksklyuziv o‘yinlarini e’lon qildi!

Yaponiyaning Sony korporatsiyasi shu yilning noyabr oyida o‘zining yangi avlod PlayStation 5 o‘yin konsolini chiqarishini e’lon qildi. Pristavkaning narxi uning asosiy raqobatchisi – Microsoft'ning Xbox Series X flagmani konsoli narxi bilan bir xil bo‘ladi.

O‘QING: PlayStation 5 allaqachon Xbox Series X ustidan ilk g‘alabasini qozondi

Blu-Ray diskiga ega PlayStation 5 versiyasining narxi 500 dollarni tashkil etadi (Rossiya bozorida 46,9 ming rubl). Aytish kerakki, Xbox Series X ham xuddi shu narxda sotiladi (TASS agentligi xabariga ko‘ra, Rossiyada uning narxi 45 590 rublni tashkil qiladi).

Oq rang ustunlik qiladigan yangi qurilmaning dizayni PlayStation 4'ning qora rangdagi odatiy konturlaridan ancha farq qiladi.

Hogwards Legacy – voqealar rivoji Garri Poter tug‘ilishidan 100 yil oldin kechadigan o‘yin

Sony PlayStation 5’ning «raqamli versiyasi» – PlayStation 5 Digital Edition esa disk drayveri bilan ta’minlanmagan va u Microsoft'ning xuddi shunday kichik qurilmasidan 40% ga qimmatroq.

O‘yin pristavkalarini tadqiq qiluvchi Newzoo kompaniyasidan Gilerme Fernandes Reyterga Sony qattiq disksiz qurilmasi «foydalanuvchilarga boshqaruvchisiz emas, sifatiga yoki qismlariga ziyon yetkazmasdan katta chegirmalarni taklif qiladi», – dedi.

Xbox Series S ancha arzon, ammo flagman versiyasiga nisbatan uning grafik o‘lchamlari past.

O‘QING: PlayStation 5 sirini raqobatchi – Xbox rahbari fosh etdi

PlayStation 5 bilan bir qatorda, bir nechta «konsol eksklyuzivlari», ya’ni dastlab faqat yangi qurilmaning xaridorlari uchun mavjud bo‘lgan o‘yinlar chiqariladi.

  • Final Fantasy XVI – Square Enix kompaniyasining yangi o‘yini. Taqdimotda ko‘rsatilgan treylerga qaraganda, bu safargi voqealar o‘rta asrlar dunyosida sodir bo‘ladi. Ushbu seriyadagi so‘nggi nashr ilmiy-fantastik dunyoga asoslangan edi.
  • Marvel's Spider-Man: Miles Morales – bu Marvel chizma romanlari qahramonlari olamiga asoslangan yana bir o‘yin. 2018 yilgi «O‘rgimchak odam: o‘rgimchak to‘rlari oralab» multfilmiga asoslangan bo‘lib, unda bosh qahramon – Piter Parker emas, balki qora tanli o‘spirin Maylz Morales.
Marvel's Spider-Man: Miles Morales – Sony'ning yangi konsoli uchun ishlab chiqilgan maxsus o‘yinlardan biri
  • Deathloop – «otishma», ya’ni voqealar bir necha marta takrorlanadigan «otishma», bu foydalanuvchilarga nishonlarni yaxshi o‘qqa tutish va urishni o‘rganishda yordam beradi.

Sony shuningdek, 2021 yilda kutilgan Garri Potterga asoslangan Hogwards Legacy o‘yinini ham chiqarishga va’da berdi.

O‘QING: PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.