Sony tez orada PlayStation 5 konsolini va uning uchun ikkita o‘yinni taqdim etadi

  •   DiMaX
  •  1206
  •  31.01.2019 14:05

Sony tez orada PlayStation 5 konsolini va uning uchun ikkita o‘yinni taqdim etadi

Kuni kecha o‘yinlarni tadqiq etuvchi Niko kompaniyasi tahlilchisi Deniyel Ahmad geymerlarning ResetEra forumiga kirgan. Mutaxassis u yerda PlayStation 5 haqidagi insayderlik ma’lumotlarini bergan.

O‘QING: PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

Deniyelning so‘zlariga qaraganda, Sony allaqachon o‘z studiyalarini beshinchi avlod o‘yin konsoliga yo‘naltirgan. O‘yin ishlab chiquvchi studiyalarga PlayStation 5’ning devkitlari yuborilgan va dasturchilar yangi avlod konsolidan mamnunlar.

Insayderning ta’kidlashicha, Ayni damda PlayStation 5 uchun ikkita yangi loyiha tayyorlanmoqda. Bu o‘yinlar yangi avlod pristavkalariga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, PlayStation 4 (Sotib olish) modelini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Ehtimol, Sony yangi avlod o‘yin konsollariga «silliq» o‘tish uchun dastlab har ikki avlod PlayStation’larga tushadigan o‘yinlar taqdim etib borar.

O‘QING: Sony PlayStation 4 qachon o‘yindan chiqadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!