Sony Xperia 1 III'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony Xperia 1 III'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony kompaniyasi yana bir yangi smartfonni taqdim etdi. Odatdagidek smartfon narxi juda ham qimmat. Xperia 1 III — Sony tomonidan ishlab chiqarilgan flagman darajadagi smartfon.

O‘QING: Xiaomi Mi 11i/Mi 11X Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

2015 yili Sony 4K rezolyutsiyali displeyga ega bo‘lgan Xperia Z5 Premium smartfonini taqdim etgan edi. Endi esa kompaniya birinchilardan bo‘lib yuqori rezolyutsiya va yuqori ekran yangilanish chastotasini o‘z smartfonida birlashtirdi. Ya’ni Xperia 1 III 4K rezolyutsiya va 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi displeyga ega.

Foto: GSMArena

Smartfonning yana bir o‘ziga xos tomoni, unda 5x telefoto kamerasi borligida. 5x zum uzoqroq masofada turgan ob’yektlarni yaqinlashtirish uchun foydalaniladi. Yaqindagi ob’yektlar uchun gibrid zum yoki 2.9x va 4.4x zumni qo‘llab-quvvatlovchi ikkinchi telefoto kameradan foydalanish kerak.

Xperia'ning qolgan jihatlari boshqa flagmanlar bilan o‘xshash. Smartfon Snapdragon 888 chipi, 12GB tezkor xotira, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator va tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. Qurilmaning old va orqa tomonini Gorilla Glass shishasi himoyalab turadi. Smartfon chang va suvdan himoyalangan.

Sony Xperia 1 III'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 165.0x71.0x8.2 mm, 168 g; Old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha (Gorilla Glass 6) alyuminiy rom; IP68 chang va suvdan himoya.

> Displey: 6.50 dyuymli OLED displeyi, 1 milliard ranglar, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR BT.2020, 1644x3840 piksel rezolyutsiya, 643ppi; 4K@60Hz/FHD@120Hz.

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm) Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680);

> Xotira: 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.X; microSDXC.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11.

> Kamera: Asosiy: 12MP, f/1.7, 24mm, 1/1.7“, 1.8µm, Dual Pixel PDAF, OIS; Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 124˚, 16mm, 1/2.6“, Dual Pixel PDAF; Telefoto: 12MP, f/2.3, 70mm, f/2.8, 105mm, 1/2.9“, Dual Pixel PDAF, 3x/4.4x optik zum OIS; Sath kamera: 0.3MP, TOF 3D.

> Selfi kamera: 8MP, f/2.0, 24mm (keng), 1/4“, 1.12µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@24/25/30/60/120 kadr/sekund HDR, 1080p@30/60/120/240 kadr/sekund; OIS; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sekund.

> Akkumulyator: 4,500 mAs: 30 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 50% 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB Power Delivery.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC, 3.5mm audio jek.

Qadoq tarkibi

Xperia 1 III oq qutida sotiladi. Qutining o‘rtasiga Xperia logotipi tushirilgan.
Qutidan USB-C kabeli, 30 vattlik quvvatlash adapteri o‘rin olgan.

Foto: GSMArena

O‘QING: realme GT 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!