Sony Xperia 1 IV smartfoni taqdim etildi

Sony Xperia 1 IV smartfoni taqdim etildi

Ajoyib fotosuratlarni taqdim etuvchi kameralar, yuqori rezolyutsiyadagi displey va yuqori sifatli dinamiklarga ega bo‘lgan Sony Xperia 1 IV smartfoni taqdim etildi. 

Ushbu smartfon ko‘p jihatdan Xperia Pro va Pro-I modellariga o‘xshab ketadi. Sony o‘tgan yilgi Mark 3 qurilmasida o‘zgaruvchan fokusli telefoto kamerani taqdim etgan edi. Bu faqat 70 mm va 105 mm fokus uzunligi o‘rtasida almashishi mumkin edi. Yangi modeldagi telefoto kamera esa yanada takomillashtirildi. 

Sony Xperia 1 IV'ning telefoto kamerasi yangi dizay tufayli uzluksiz optik kattalashtirishni taklif etadi. Endi diapazon 85 millimetrdan 125 millimetrgacha kengaydi, bu esa 3,5-5x optik kattalashtirish imkonini beradi. 

Orqa panelda uchta 12MP kameralar joylashgan. Optik tasvir barqarorlashtirgichiga ega bo‘lgan asosiy kamera 1/1.7 dyuymli sensorga ega. Ultrakeng kamera 1/2.5 dyuymli, telefoto kamera esa 1/3.5 dyuymli sensorlar bilan jihozlangan. Telefoto kamera, o‘z navbatida OIS va avtofokus datchiklariga ega. Odatdagidek kameralarni ishga tushirish hamda ular orqali suratga olish uchun maxsus tugma yaratilgan. 

Har uchala kamera ham bir xil xususiyatga ega, jumladan 120 kadr tezlikda 4K video olish imkoniyati. Ularning barchasi FlawlessEye, Eye AF, shuningdek, Optical SteadyShot funksiyasini taklif qiladi. AF/AE va HDR yoqilgan holda soniyasiga 20 kadr tezlikda videoga olishi mumkin. 

Orqa tarafdagi RGB IR sensori kameraning oq balansini boshqaradigan AI algoritmlariga ma’lumot beradi. Shuningdek, smartfon 3D ToF sensoriga ham ega. 

Bu yil selfi kamera rezolyutsiyasi 8MP dan 12MP ga oshirildi. Bu esa o‘z navbatida selfi kamerada ham 4K formatda videoga olish imkonini berdi. Biroq kadr tezligi faqat 30 kadr/soniya bilan chegaralangan ham avtofokus imkoniyati mavjud emas. 

Smartfonga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.5 dyuymli 4K AMOLED displeyi o‘rnatilgan bo‘lib, uning texnik ko‘rsatkichlari avvalgi modellarning displeyi bilan o‘xshash. Biroq, o‘tgan yilgi modelinikidan farqli ravishda yangi model displey yorqinligi 50% ga oshgan. 

Qurilma Adreno 730 grafik protsessori bilan integrallashgan Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlaydi. Demak, yuqori grafikadagi o‘yinlarni o‘ymashda muammolar bo‘lmaydi. 

Android 12 operatsion tizimida ishlovchi ushbu smartfon 12GB tezkor hamda 256/512GB tezkor xotiraga ega. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. 

O‘tgan yilgi Xperia 1 III'ning akkumulyator sig‘imi 4,500 mAs edi. Bu yilgi modelning akkumulyator sig‘imi 500 mAs ga oshib, endi 5,000 mAs ni tashkil qiladi. Qurilma 30 vattda quvvat oladi. 50% quvvat yig‘ishi uchun u 30 daqiqa vaqt sarflaydi. Afsuski, qutidan na quvvatlash adapteri, na USB-C kabeli o‘rin olgan. 

Xperia 1 IV modeli flagmanlarda kam uchraydigan 3.5 audio jek portiga ega. Qurilmadagi ikkinchi dinamik yaxshilangan. Endi uning tovush yuqoriligi 10% ga oshdi. Ikki dinamikni bass ovoz imkoniyati esa 20-50% ga yaxshilandi. 

Simsiz ovoz uzatish bo‘yicha Xperia 1 IV modeli Bluetooth LE Audio texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi ilk smartfon bo‘ldi. 360 Reality Audio imkoniyatini esa endi ko‘plab ilovlar qo‘llab-quvvatlaydi. 

Old va orqa tomondan smartfon Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan. Orqa panel shishasi matoviy qoplamga ega. IP68/IPX5 standarti esa qurilmani chang va suvdan himoya qiladi. 

Xperia 1 IV  modeli bilan professonal ishlarni bajarish mumkin. Xperia Pro va Pro-I singari, yangi modelning kameralari yoki Sony Alpha kamerasidan videoni 5G tarmog‘i orqali kontentni jonli efirda uzatish mumkin. Sony YouTube bilan shartnoma tuzdi, endi istalgan foydalanuvchi YouTube’da yangi kanal ochishib, darhol video strimingni boshlashi mumkin (odatda buning uchun 1000 ta obunachi va tasdiqlangan hisob kerak bo‘ladi).

Sony, shuningdek, video olishga yordam beruvchi aksessuarlarni yangiladi. Vlog Monitor endi to‘lqin shakli ko‘rinishini va turli xil rang ko‘rinishini taqdim etadi. Shooting Grip esa uzoq davom etadigan striming videolar uchun yangi chidamlilik rejimiga ega bo‘ldi. 

Agar foydalanuvchi o‘yinni striming qilmoqchi bo‘lsa, o‘yin ovozi funksiyasi orqali ham o‘yin ham o‘zining ovozini yozib ketishi mumkin. 

Smartfonning narxi ancha qimmat. Uni 1400 yevro evaziga sotib olish mumkin. Qurilmaning narxi o‘tgan yilgi modelnikiga qaraganda 100 yevro qimmatlashgan. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra uchun arzirli raqib chiqarildi!