Sony Xperia 10 IV'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony Xperia 10 IV'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Bir yil o‘tib Sony kompaniyasi yana Xperia 10 seriyasini yangiladi. Xperia 10 IV - Sony'ning o‘rta toifadagi ommabop smartfoni. Odatdagidek smartfon texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘ta darajada takomillashib ketmagan. 

Eng katta o‘zgarishlardan biri sifatida smartfonning korpusi yaltiroq emas balki oddiy qoplamaga ega bo‘lganini aytishimiz mumkin. Qurilma 6 nanometrli Snapdragon 695 chipi bilan jihozlangan. Bu bo‘yicha ham smartfon o‘sishga erishgan. Chunki o‘tgan yilgi model 8 nanometrli Snapdragon 690 chipiga ega edi. 

Chipining CPU ishlash tezligi oshgan, biroq negadir qurilma 4K formatda videoga ola olmaydi. Bu kamchilik Qualcomm chipida bo‘lishi mumkin, ammo Sony istaganda 4K formatni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa bir chipni o‘z smartfoniga o‘rnatishi mumkin edi. 

Foto: GSMArena 

Shuningdek, samrtfonning akkumulyator sig‘imi 5,000 mAs ga kattalashgan. Akkumulyator hajmi kattalshganiga qaramay, smartfonning og‘irligi 8 grammga kamaygan. Bu o‘z navbatida qurilmani 5G va 5,000 mAs akkumulyatorga ega bo‘lgan eng yengil smartfonga aylantirgan. 

Sony Xperia 10 IV'ning old paneli Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan. Orqa panel esa plastikdan ishlangan. Asosiy kamera optik stabilizatsiyaga ega bo‘lsa, qolgan kameralar texnik jihatdan o‘zgarmagan. 

Displeyning yorqinlik darajasi 1.5 baravarga oshgan, lekin yangilanish chastota hamon 60 gerts. 

IP65/IP68 standartiga ega bo‘lgan samrtfon suv va changdan himoyalangan. Bundan tashqari, unda 3.5 mm audio jek va microSD kartasi mavjud. 

Sony Xperia 10 IV'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 153x67x8.3mm, 161g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha, plastik rom; IP65/IP68. 

> Displey: 6.0 dyuymli OLED, HDR, 1080x2520 piksel rezolyutsiya, 21:9 forma faktori, 457ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6350 Snapdragon 695 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 660 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 660 Silver); Adreno 619. 

> Xotira: 6/128GB; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12. 

> Kamera: Asosiy kamera: 12MP, f/1.8, 27mm, 1/2.8“, OIS, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 120˚, 16mm, 1/4.0“; Telefoto kamera: 8MP, f/2.2, 54mm, 1/4.4“, PDAF, 2x optik zum. 

> Selfi kamera: 8MP, f/2.0, 27mm (keng), 1/4.0“. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected] kadr/sek; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5,000 mAs; Tezkor quvvatlash texnologiyasi, USB Power Delivery. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5 mm audio jek. 

Qadoq tarkibi 

Ekologiyaga qayg‘urgan holda qadoq tarkibini kichraytirish rejasi endi flagmanlardan oddiy smartfonlarga ham o‘tdi. 

Foto: GSMArena 

Xperia 10 IV oq qutida keladi. Quti hech qanday plyonka bilan o‘ralmagan hamda uning ichida smartfondan boshqa hech narsa bo‘lmaydi.

O‘QING: Honor Magic4 Lite'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.