Sony Xperia Pro-I'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony Xperia Pro-I'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony kutilmagan smartfonlarni ishlab chiqarishni odat tusiga aylantirdi. Misol uchun, kompaniya o‘tgan yili shov-shuvlarga sabab bo‘lgan Xperia Pro smartfonini taqdim etgan edi. 

O‘QING: Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Yana bir qimmat smartfon - Xperia 1 II esa Sony Alpha kameralari uchun monitor vazifasini ham bajara olar edi. 

Yangi Xperia Pro-I hech qanday kamera uchun monitor vazifasini bajarmaydi, balki smartfonning o‘zi kameradir. 

Sony smartfonga asosiy kamera sifatida 1.0 dyuymli 12MP Type sensorni o‘rnatdi, ushbu sensor PDAF avtofokusiga ega. Ultrakeng hamda telefoto kameralarda avtofokus va optik tasvir barqarorlashtirish funksiyalari mavjud. 

Xperia 1 III'dagi ikki fokusli periskop kamera Pro-I modeliga o‘rnatilmagan. Uning o‘rni oddiy 2x zum kamera bilan to‘ldirlgan. 

Pro-I'ning qolgan texnik jihatlari Xperia 1 III smarfoniniki bilan bir xil. Qurilma 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 4K displey, Snapdragon 888, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Sony Xperia Pro-I'ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 166.0x72.0x8.9mm, 211g; Old shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha (Gorilla Glass 6), aluminum rom; IP65/IP68 suv va changdan himoya. 

> Displey: 6.50 dyuymli OLED, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR BT.2020, 1644x3840 piksel rezolyutsiya, 21:9 forma faktori, 643ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM8350 Snapdragon 888 5G (5 nm): Sakkiz yadroli (1x2.84 GHz Kryo 680 & 3x2.42 GHz Kryo 680 & 4x1.80 GHz Kryo 680); Adreno 660. 

> Xotira: 12/512GB; UFS 3.X; microSDXC. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11 

> Kamera: Asosiy kamera: 12MP, f/2.0-4.0, 24mm, 1.0“-type, 2.4µm, PDAF, OIS; Telefoto kamera: 12MP, f/2.4, 50mm, 1/2.9“, PDAF, 2.1x optik zum, OIS; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 124˚, 16mm, 1/2.55“, qo‘sh piksel PDAF; Sath kamera: 0.3MP TOF 3D. 

> Selfi kamera: 8MP, f/2.0, 24mm (keng), 1/4“, 1.12µm. 

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/25/30/60/120 kadr/sek, HDR, [email protected]/60/120/240kadr/sek; 5-axis gyro-EIS, OIS; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek, 5-axis gyro-EIS. 

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 30 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB-C Power Delivery. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFC; 3.5mm audio jek; Sony Alpha kameralari bilan ishlash imkoniyati. 

Qadoq tarkibi 

Xperia Pro-I oddiy oq karton qutida sotiladi. Qutidan kelib chiqib uning ichida 1800 dollarlik smartfon deb bor deb aytish bir oz mushkul. Qutining ustki qismida tilla rangdagi Pro-I yozuvi borligini ko‘rish mumkin. 

Smartfonning qadoq tarkibi uning narxiga yarasha emas. Qadoqdan 30 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli o‘rin olgan xolos. 

Foto: GSMArena

Smartfon kameralaridan yanada yaxshiroq foydalanish uchun qo‘shimcha mablag‘ evaziga bir necha aksessuarlarni sotib olish mumkin. Ular qatoriga tutqich hamda asosiy kamera orqali foydalanuvchi o‘zini videoga olishiga yordam beruvchi 1.0 dyuymli vlog monitori kiradi. 

Foto: GSMArena

O‘QING: realme GT Neo2'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.