Sony Xperia XZ Premium kamerasi iPhone 7 Plus’ga qarshi

Sony Xperia XZ Premium kamerasi iPhone 7 Plus’ga qarshi

2017 yil boshida o‘tkazilgan Jahon mobil kongressida taqdim etilgan Sony Xperia XZ Premium flagman smartfonining muhim jihati qatoriga faqatgina Snapdragon 835 protsessori emas, Sony ishlab chiqargan va jahondagi eng kuchli, deb e’lon qilgan kamera sensorlarini ham kiritish mumkin. Sinab ko‘rish uchun mobil aloqa qurilmasini olishga erishgan jurnalistlardan biri gadjetning kamera imkoniyatlarini imtihondan o‘tkazishga kirishdi. Yangi “aqlli” telefonga qarshi maydonga davrimizning eng yaxshi kamerafonlari sirasiga kirgan iPhone 7 Plus tushdi.

Sony Xperia XZ Premium hamda Apple iPhone 7 Plus o‘rtasidagi qizg‘in kurash Portugaliyaga qarashli yarim orollaridan biri tanlandi. Go‘zallikni muhrlashda ayniqsa, kamera imkoniyatlari yaqqol namyoon bo‘ladi! Eslatib o‘tamiz, kameralar o‘rtasidagi sinov jarayonida ular avtomatik sozlash rejimiga qo‘yilgan bo‘lgan. Ya’ni, ISO, fokus, oq tus balansi va boshqa detallarni tizimning o‘zi avtmatik ravishda belgilagan. Suratlar grafik-tasvirni tahrirlovchi dasturlarda qayta ishlanmagan.

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

iPhone 7 Plus

Sony Xperia XZ Premium

Fotosuratlarda aniq-tiniq ko‘rinib turibdiki, Sony Xperia XZ Premium tomonidan barcha ob’yektlarga berilgan rang-tus Apple flagmaniga qaraganda bexato. Misol uchun, baland daraxt soya tashlab turgan ko‘prik manzarasini olaylik. Bu manzara Sony smartfonida ravshan, detallarga boy bo‘lib aks etgan. Xperia XZ Premium tabiiylikni ham buzmagan. iPhone 7 Plus ikkita sensorli va 2 karralik optik zum texnologiyasi bilan ham aniq va yorqin tasvir olishda “bir ko‘zli” yaponiyalikka mag‘lub bo‘lgan.

Sony Xperia XZ Premium olgan fotosuratlardagi detallashtirish darajasi iPhone 7 Plus flagmaniga qaraganda juda baland. Ayniqsa, bu boradagi imkoniyat uzoqdagi ob’yektlarni ask ettirishda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu vaqtda suratni kattalashtirib ko‘rsangiz, sifat borasida katta farqni ko‘rish mumkin. Vaqt va surat olish texnologiyasidagi jadal taraqqiyot bir oz bo‘lsa ham, keyin taqdim qilingan Sony flagmanining imkoniyatini oshirgan va Apple smartfonidagi kamera shuhrati endi o‘tmishda qoldi.

19 megapikselli Motion Eye kamera texnologiyasi bilan jahonda yagona Sony Xperia XZ Premium mobil aloqa vositasi 1 iyundan boshlab Yevropada 840 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!