Sony Xperia XZ2 Premiumning narxi ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  3441
  •  29.06.2018 17:18

Sony Xperia XZ2 Premiumning narxi ma’lum bo‘ldi

Sony kompaniyasi Xperia XZ2 Premium flagmani haqida aprelda ma’lum  qilgandi, kuni kecha  yangi qurilmaning sotuvga chiqish sanasi va narxi haqida ham ma’lumot berildi.

Smartfon ikki xil rangda sotuvga chiqadi: biri Chrome Black, ikkinchisi  Chrome Silver. Avvaldan buyurtma qabul qilish 9 iyuldan, sotuv  30 iyuldan boshlanadi. Smartfonning narxi 999 AQSh dollari, bu albatta, oz emas.

O‘QING: Barchasi pulni deb: sobiq dasturchining aytganlari

Xperia XZ2 Premium  5.8-dyuymli 4K formatli ekran bilan ta’minlangan va  HDR bilan qo‘llab-quvvatlangan. Smartfon Snapdragon 845 chipi boshqaruvida ishlaydi. Bundan tashqari, qurilmada 6 GB OZU, 64 GB PZU mavjud hamda  20 Mp+12Mp bo‘lgan ikkitalik asosiy kamera va 13 MP bo‘lgan old kamera o‘rnatilgan. Yangi devays 3450 mAch sig‘imli batareya va simsiz tezkor quvvatlantirgichga ham ega bo‘ladi.

Agar ushbu qurilmaning raqiblari haqida gap ketadigan bo‘lsa,  Galaxy S9/S9+ `va Huawei P20/P20 Pro smartfonlarini misol keltirsak bo‘ladi. Ularning ham tavsifi Xperia XZ2 Premium   tavsifiga o‘xshab ketadi. Biroq. ushbu qurilmalarning Xperia XZ2 Premium‘dan farq qiladigan o‘ziga xos jihatlari bor, qolaversa narxi ham arzonroq.

O‘QING: Nozikta’b yaponlar ko‘p xarid qilayotgan 2 smartfon modeli

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!