Sony Xperia XZs: “eng kuchli kamerafon”da olingan ilk suratlar

Sony Xperia XZs: “eng kuchli kamerafon”da olingan ilk suratlar

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sony kompaniyasi jahonda ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning 50 foizidan oshig‘ini kamera sensori va modullari bilan ta’minlaydi. Yaponiyalik ishlab chiqaruvchi bu borada chinakam brend hisoblanadi. Sony smartfon ishlab chiqaruvchi sifatida o‘zi uchun ham eng yaxshi mobil kameralar ishlab chiqarishni unutib qo‘ygani yo‘q.

Jumladan, 2017 yilning fevral oyida taqdim qilingan Sony Xperia XZs smartfoni 19 megapikselli Motion Eye kamera texnologiyasi bilan jahonda yagona. Misol uchun, bu texnologiya idishdan to‘kilgan suvning tomchilarini ham aniq-tiniq muhrlay oladi.

Bu bosh sensor professional kamera kabi sekundiga 960 ta kadrni muhrlashga qodir. f/2.0 standartidagi optik pribor o‘rnatilgan kamerada giroskop, fazani “aqlli” aniqlash, lazerli avtofokus, svetodiodli fotochaqnoq, sifatni tekshirish kabi funksiyalar mavjud. Old kamera uchun 13 megapikselli keng burchakda surat oladigan sensor tanlangan.

Sony rahbari bir muddat avval kompaniya smartfon bozorida muvaffaqiyat qozonishi uchun bu turdagi noyob texnologiyaga ega mobil kamerani boshqa smartfon brendlariga sotmasligini ma’lum qilgan edi. Shu orqali bu brend raqobatda ustun kelmoqchi.

Siz ko‘rib turgan suratlar Sony Xperia XZs smartfonidagi “Superior Auto” rejimida olingan. Guvohi bo‘lganingizdek, suratlar detal va ranglarga boy. Yorug‘lik past sharoitda ham olingan suratlar sifati yomon emas. Selfilar ham keng va ranglarga boy.Aytish mumkinki, chindan ham, bu gadjet smartfon bozoridagi hozircha eng yaxshi kamerafonlardan biri bo‘lishga qodir.

5.2 dyuymli Sony Xperia XZs 2017 yilning aprel oyidan $700 dollar bahosida sotuvga chiqarilgan. Unda 2016 yilning yaxshi protsessorlaridan bo‘lgan 8 yadroli Snapdragon 820 chipi va Adreno 530 video-kartasi, 4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Xotirani 256 gigabaytgacha kengaytirish mumkin. Smartfon Android 7.1 (Nougat) operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Quyidagi qisqa videoda Sony Xperia XZs smartfonidagi Motion Eye kamera texnologiyasining imkoniyatlariga guvoh bo‘ling.

Gadjetning IPS LCD displeyi Full HD (1080 x 1920 piksel sig‘imli) hamda Corning Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran 10 tagacha barmoq zarbini tushuna oladi. Old panelning 70.9%i displeydan iborat. Korpus IP68 sertifikatiga ega va suv hamda changdan qo‘rqmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!