Sony Xperia Z5: suvdan himoyalangan ko‘rkam flagmen

Sony Xperia Z5: suvdan himoyalangan ko‘rkam flagmen

Sony Xperia Z5’ning tashqi va ichki “ko‘rinishi”  avvalroq ishlab chiqarilgan Z3+ ga o‘xshab ketadi. Faqat u yashil rangda va dizayn jihatdan Sony Xperia Z5 ko‘rkamroq.

IFA 2015 ko‘rgazmasida kompaniya Sony Xperia Z5 modelining uch xil varianti, ya’ni Sony Xperia Z5, Xperia Z5 Compact, Xperia Z5 Premium`ni taqdim etgandi. Hozir esa oddiy Xperia Z5`ning o‘ziga xosliklari haqida “gaplashamiz”.

1198138

Birinchidan, chiroyli!

Sony Xperia Z turkumiga oid barcha smartfonlarning oynali paneli yaltiroq edi. Bu, ayniqsa, to‘q ranglarda o‘zgacha ko‘rinadi.  Jumladan, to‘q yashil Sony Xperia Z5 juda ham chiroyli. Shuningdek, standart qora va oq, och moviy ranglilari ham bor.

Sony Xperia Z5 Compact`dan farqli o‘laroq, Z5 alyumindan. Unga ham rang berilgani bois, metallni bir qarashda ilg‘ash qiyin.

Xperia Z3+ bilan qiyoslaganda deyarli boshqa o‘zgarish yo‘q. Biroq korpus bir oz semirgan. Ya’ni Xperia Z3+ 6,9 mm bo‘lsa, oddiy Z5 7,3 mm. Akkumulyator ham o‘zgarmagan. Suvdan himoya tizimi IP68 standartlari asosida. Bonusi ikkinchi sim karta va xotira kartasi.

1198142

O‘sha kamera

“Oddiygina” Z5`ning kamerasi  Sony Xperia Z5 Compact kamerasi bilan bir xil. 23 megapiksellik kamera bilan maza qilib “ijod” qilishingiz mumkin. Sony odatda shunday yo‘l tutadi. Ya’ni kameralarni o‘zgartirmaydi. Binodagi rasmlar a’lo darajada.

Kamerada olingan suratlar

Skaner

Sony Xperia Z5 turkumidagi barcha qurilmalarda barmoq skaneri yon tomonda joylashgan. Ya’ni qulflash-yoqish tugmasiga biriktirilgan. Bunga hech qanday e’tiroz yo‘q.

Skaner vazifasi Xperia Z5 Compact`nikidan farqi yo‘q. Ya’ni qulflash. Samsung, Apple va Huawei qurilmalarida esa skaner old tomonda.

1198145

Full HD

Ekran o‘lchami ham Z2 va Z3`lardagi kabi: 5,2 dyuym, Full HD sifat. Tiniqlik yuqori darajada.

Juda kuchli “yurak”

Smartfon yuragi—kuchli Qualcomm Snapdragon 810. Bu degani menyu “uchadi”, og‘ir ilovalarni ham tez ochadi. Shu bois, smartfon qiziydi. Benchmarklarda 4K video tasvirga olish chog‘ida qizish kuzatilgan.

Qurilma 3Gb operativ va 32 GB o‘rnatma xotira, 2 SIM-kartaga ega. Shuningdek, Xperia Z5 (Z3+ da ham) quloqchinlardagi ovoz juda sifatli. Ularning barchasi Hi-Res Audio ni qo‘llay oladi va AHC, LDAC formatlarni yaxshi “o‘qiydi”.

1198139

STAMINA. Nima bu?

Akkumulyator quvvati 2900 mAs. Bunday quvvat bilan yarim kun 3D o‘yinlarda ko‘ngil ochish, to‘liq tiniqlikda 7 soat video ko‘rish mumkin. Keling, raqobatchilari bilan solishtiramiz:

Yakuniy fikr

Ushbu smartfon hali O‘zbekiston bozorlarida ommalashgani yo‘q. Rossiya bozorida uning narxi 49 990 rubl. Qimmatroq emasmi? Samsung Galaxy S6 arzonlab, 40 ming rubl va S6 edge esa 44 ming rubl narxida. Biro oz avvalgi Xperia Z3+ 40 ming rublga yaqin. Farqi barmoq skanerda xolos. Shunday ekan, oddiygina Xperia Z5`ning bahosi xursand qiladigan darajada emas. To‘g‘ri, suvda himoya tizimi va ko‘rkamligi taqsinga loyiq, biroq kamerasining “ishi”, raqiblariniki bilan solishtirilganda, yomonroq.

Texnik xarakteristikasi (model E6683):

  • Chipset: Qualcomm Snapdragon 810 (MSM8994), 4 yadroli Cortex-A53 1,5 GGs va 4 yadroli Cortex-A57 2 Ggs
  • Videoprotsessor: Adreno 430
  • Operativ xotira: 3 GB
  • O‘rnatma xotira: 32 GB, microSD
  • Operatsion tizim: Android 5.1.1 asosidagi Xperia UI
  • Displey: 5,2 dyuyma IPS, 1920 x 1080 nuqta, 428 ppi
  • Asosiy kamera: 23 Mp, gibrid avtofokus, chaqnoq
  • Frontal kamera: 5,1 Mp
  • Aloqa: GSM, HSDPA, LTE, Wi-Fi11ac, Bluetooth 4.1, NFC, GPS/GLONASS, A-GPS
  • SIM: bir yoki ikkitalik joy, nanoSIM
  • Akkumulyator: 2900 mAs, Quick Charge 2.0 tezkor quvvatlash
  • Ovoz: stereo dinamika
  • O‘lchami: 72 x 146 x 3 mm
  • Vazni: 154 g

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

www.asaxiy.uz 3,378,200 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!