Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlarni oshkor qildi

Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlarni oshkor qildi

Sony yangi PlayStation VR2 qurilmasiga oid yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Unda foydalanuvchi o‘z o‘yin maydonini qanday sozlash kerakligi hamda virtual reallikka ega bo‘lmagan kontentlarni striming qilish yoki o‘ynash uchun ba’zi opsiyalar berilgan.

Qurilmaga uni yechmasdan turib atrofni ko‘rish imkonini beruvchi “See-Through View“ funksiyasi qo‘shilgan. Uni qurilmadagi funksiya tugmasini bosish yoki boshqaruv markazidagi kartadan foydalanish orqali ishga tushirish mumkin. Bu foydalanuvchini xona bo‘ylab yo‘naltirishga yordam berish uchun mo‘ljallangan. 

Ushbu “See-Through View“ funksiyasi o‘yin maydonini sozlash uchun ham ishlatiladi. Qurilma xona xaritasini tuzadi va kontroller yordamida chegara chiziqlarni chizish mumkin bo‘ladi. Agar foydalanuvchi chegaraga yaqinlashsa, tizim uni bu haqida ogohlantiradi.

Agar PS5 HD kamera ($60) va yashil ekran bo‘lsa, u holda o‘yin o‘ynayotgan vaqtda foydalanuvchi o‘zini striming qilib borishi mumkin.

VR rejimida kontent 4000 x 2040 piksel (har bir ko‘z uchun 2000 x 2040 piksel) HDR video formatida 90 yoki 120 gerts chastotada ko‘rsatiladi. Taqqoslash uchun, birinchi avlod PSVR atigi 960 x 1080 piksel rezolyutsiyaga ega edi. VR bo‘lmagan kontent - oddiy o‘yinlar yoki filmlar bo‘lsin - katta virtual ekranda ko‘rsatiladi. Video kontent 24, 60 yoki 120 gerts chastotada 1920 x 1080 piksel o‘lchamda yuboriladi.

Hozircha kompaniya tomonidan qurilma qachon taqdim etilishi haqida hech qanday aniq bir ma’lumot berilmadi. Sony o‘z postida qurilma tez orada taqdim etilishini aytib o‘tgan. 

O‘QING: Redmi K50S Pro modelining texnik ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘ldi