Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

  •   DiMaX
  •  2160
  •  07.10.2019 15:56

Sony’ning saxiyligi tutdi: PS4 o‘yinlari endi barcha smartfonlarda!

PlayStation o‘yin konsolidagi o‘yinlarni smartfonda o‘ynash imkonini beruvchi PS4 Remote Play ilovasi shu kungacha faqat Sony smartfon va planshetlarida, shuningdek, iPhone’larda ishlar edi. Endi esa yapon kompaniyasi kutilmaganda mazkur dasturiy ta’minot Android 5.0 va undan yuqori talqinlardagi barcha smartfonlarga chiqarilishini e’lon qildi.

O‘QING: Call of Duty'ning Android talqini chiqdi

Shunday qilib, Sony e’lon qilgan press-relizga ko‘ra, PlayStation 4 modellari uchun 7.0 proshivkasi shu haftada taqdim etiladi. Mazkur dasturiy ta’minot bir qancha yangi imkoniyatlar olib kelishi bilan birga, PS4 Remote Play ilovasi doirasida Android 5.0 va undan yangi tizimlarda ishlovchi barcha smartfonlarni qo‘llab-quvvatlaydi ham. Google Play katalogida ushbu ilova hozircha yangilanmagan. Aftidan, uning yangi talqini ham PS4 uchun 7.0 proshivkasi bilan birga chiqsa kerak.

Biroq bu yerda bir narsani ta’kidlash juda muhim: bu yerda gap konsol o‘yinlarini smartfonning o‘zida o‘ynash imkoniyati haqida ketmayapti. Shunchaki, PS4 Remote Play dasturi o‘yinlarni PlayStation pristavkasidan smartfonga translyasiya qiladi. Ya’ni, smartfonda undan foydalanish uchun sizga baribir PlayStation 4 konsoli kerak bo‘ladi, uni esa mana bu havola orqali Terashop.uz internet-do‘konimizdan olishingiz mumkin.

PS4 Remote Play imkoniyatlari kengaytirilishidan tashqari, PS4 7.0 proshivkasi Dual Shock 4 kontrollerini ham qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘ladi. Uning yordamida Bluetooth orqali Android 10, iOS 13 hamda macOS Catalina tizimli smartfonlar, planshetlar va kompyuterlarga ulanish mumkin.

O‘QING: Mashhur pulli o‘yinni ikki xil konsolda o‘ynash vaqtincha bepul bo‘lyapti! (+video)