Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

  •   DiMaX
  •  5804
  •  28.11.2020 12:31

Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

Xiaomi korporatsiyasining arzonchi subbrendi kuni kecha Redmi Note 9 5G, Redmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgan. Mazkur modellarini Redmi kelasi oy boshidan – 1 dekabrdan ochiq savdoga chiqaradi, hozir esa ular uchun oldindan buyurtma olyapti.

O‘QING: MIUI 13 proshivkasini oluvchi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining kengaytirilgan ro‘yxati

Yangi turkumning eng kuchlisi – Redmi Note 9 Pro 5G modeli hozir oldindan berilayotgan buyurtmalar bo‘yicha rekordlarni «sindiryapti». Bu smartfonning 6/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega varianti uchun bir kunda, ya’ni 27 noyabr kunining qoq o‘rtasigacha JD.com onlayn do‘konida 60 mingdan oshiq oldindan buyurtma qabul qilingan.

Agar bunga Xiaomi Mall, Suning.com, Tmall, Xiaomi Home va boshqa internet-do‘konlardagi buyurtmalar ham qo‘shilsa, bir sutkada avvaldan berilgan buyurtmalar soni 100 mingtadan oshib ketadi.

Redmi Note 9 Pro 5G bunchalik ommabopligining sababi – uning arzon narx evaziga ilg‘or jihatlarni, yangi imkoniyatlarni o‘zida jamlaganidadir. Axir, sig‘imdor akkumulyator, NFC moduli, 108 megapiksellik kamera hamda 120 gerslik chastotali ekranga ega 5G-smartfonning 250 dollardan ham arzon narxlanishi shu paytgacha bo‘lmagan-da!

O‘QING: iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!