Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

  •   DiMaX
  •  2028
  •  04.04.2020 15:14

Sovrin fondi 60 million so‘mlik onlayn kibersport musobaqasiga marhamat!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 16 aprelidan 18 apreliga qadar FIFA hamda Counter Strike:GO bo‘yicha onlayn musobaqa o‘tkazmoqda. Mazkur tadbir IT-Park hamda Adrenaline Rush bilan hamkorlikda tashkil etilyapti, deb yozadi Vazirlik.

O‘QING: Futbol ishqibozlari uchun yettita ajoyib ilova

Mazkur musobaqa butun jahonga mashhur FACEIT platformasida Qozog‘iston Respublikasi serverlarida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning birinchi kuni Counter Strike:GO bo‘yicha o‘yinlar chorak finalgacha davom etadi, ikkinchi kuni esa «bo3» olimpiya tizimi bo‘yicha chorak finallardan boshlanadi. Uchinchi kun ishtirokchilarni ikkita Grand final va uchinchi o‘rin uchun ikkita match kutadi.

FIFA matchlari guruhlarga bo‘linadi. Guruhlar tizimi ishtirokchilar soni bo‘yicha belgilanadi.

Bundan tashqari, IT-Park’ning rasmiy YouTube-kanalida o‘yinlar ham efirga uzatilib boriladi.

O‘QING: Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: «Koronavirusdan saqlanish uchun kiber-o‘yinlar o‘ynang!»

«Adrenaline Online Cyber Cup» onlayn musobaqasining sovrin jamg‘armasi 60 million so‘mni tashkil qiladi!

Sovrinli o‘rinlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:

Counter Strike:GO o‘yini bo‘yicha:

1-o‘rin – 25 million so‘m;

2-o‘rin – 15 million so‘m;

3-o‘rin – 10 million so‘m.

FIFA o‘yini bo‘yicha:

1-o‘rin – 5 million so‘m;

2-o‘rin – 3 million so‘m;

3-o‘rin – 2 million so‘m.

Musobaqa g‘oliblari sovrinlarni jamoa sardori yoki o‘yinchisiga tegishli debet kartaga mablag‘ni o‘tkazish yo‘li bilan olishadi.

O‘QING: Antiqa reyting: koronavirusdan kim ko‘proq daromad ko‘rdi?

«Adrenaline Online Cyber Cup» onlayn musobaqasida, respublikamizning qaysi burchagida yashashidan qat’iy nazar, mutlaqo barcha qatnashishi mumkin. Muhimi, ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa kifoya.

Musobaqaning markaziy matchlarini O‘zbekiston kibersport olamida yaxshi tanilgan ekspertlar: Danil «BATKA» va Sergey «Greed» sharhlab boradilar.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi sanasi: 2020 yil 14 aprel

Musobaqaning boshlanish vaqti: 16 aprel,14:00

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: http://esport.itcenter.uz/

Marhamat – siz ham ro‘yxatdan o‘ting, geymerlik mahoratingizni namoyon eting va sovringa ega bo‘ling!

O‘QING: O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!