Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik «Ucell mobile challenge 2019» tanloviga marhamat!

  •   DiMaX
  •  1631
  •  12.09.2019 17:10

Sovrin jamg‘armasi 600 million so‘mlik «Ucell mobile challenge 2019» tanloviga marhamat!

Joriy yilning 24 iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – «IT Park» rasman ochilgan edi. Shundan buyon mazkur muassasa axborot texnologiyalari sohasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelayotir.

O‘QING: «ICTWEEK Uzbekistan 2019»: AKT haftaligiga marhamat!

Endi esa «IT Park» hamda Coscom kompaniyasi (Ucell brendi) dasturchilar uchun qo‘shma tanlov uyushtirdi. Bu haqda Ucell aloqa operatori o‘zining Facebook sahifasi orqali xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha «Ucell mobile challenge 2019» qo‘shma tanlovi e’lon qilingan. Tanlovda qatnashchilar bitta yoki undan ko‘proq vazifalarni hal etadigan, tez joriy etiladigan, ishonchli va xavfsiz ilova yaratishlari kerak.

Ishtirokchilardan quyidagi yo‘nalishlarda ilovalar tayyorlash talab etiladi:

  • «Eng yaxshi savdo ilovasi»
  • «Mamlakatimiz mehmonlari va aholisi uchun eng foydali ilova»
  • «Fintex (moliya texnologiyalari) sohasidagi eng yaxshi ilova»

Shu uchta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi ilovalar umumiy asosda (ya’ni, har bir yo‘nalish uchun alohida emas) aniqlanib, g‘oliblar quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

  1. Birinchi o‘rin – 300 million so‘m
  2. Ikkinchi o‘rin – 200 million so‘m
  3. Uchinchi o‘rin – 100 million so‘m

Demak, «Ucell mobile challenge 2019» xakatoni mukofot jamg‘armasi 600 million so‘mni tashkil etadi!

Talabgorlar 21 sentyabrgacha ariza shaklini (o‘zbek tilida yoki rus tilida) to‘ldirishlari va tanlovda o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari mumkin!

O‘QING: Barcha operatorlar internet paketlari narxlarini bitta joyda taqqoslaymiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!