Sovrin jamg‘armasi 6000 dollarlik tanlov muddati uzaytirildi

  •   DiMaX
  •  532
  •  11.01.2021 14:07

Sovrin jamg‘armasi 6000 dollarlik tanlov muddati uzaytirildi

«One Million Uzbek Coders» loyihasi hamda Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun umumiy sovrin jamg‘armasi 6000$ bo‘lgan tanlov muddati 1 fevralga qadar uzaytirildi. Bu haqda IT Park axborot xizmati ma’lum qildi.

O‘QING: O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

Tanlovning maqsadi: Loyiha doirasida o‘qituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va e’tirof etish, shuningdek, o‘qituvchilarni ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga undash.

Tanlov ishtirokchilari: Umumta’lim maktablari o‘qituvchilari

Talablar: O‘qituvchilar va ularning talabalari tomonidan telegram guruhlarida va loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida motivatsiya va faollik ko‘rsatilishi

Sovrinli o‘rinlar soni: Sakkizta

Tanlov tanlov ishtirokchisi bo‘lish, ishtirokchilarining qanday baholanishi va boshqa tafsilotlar haqida rasmiy saytda o‘qishingiz mumkin.

Platforma havolasi: uzbekcoders.uz

O‘QING: Tanlovda qatnashib, Galaxy A50 va boshqa sovrinlar yutib oling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.