Sovrin miqdori 60 000 000 so‘mlik «IT MARAFON–2021» tanloviga marhamat!

  •   DiMaX
  •  1036
  •  03.12.2020 09:06

Sovrin miqdori 60 000 000 so‘mlik «IT MARAFON–2021» tanloviga marhamat!

Joriy oyning boshidan yurtimizdagi maktab o‘quvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlarimiz uchun «IT MARAFON–2021» tanlovi tashkil etilmoqda. Mazkur konkurs Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tashabbusi bilan uyushtirilgan, deyiladi universitet saytidagi xabarda.

O‘QING: Web & UX/UI bo‘yicha shogirdlikka qabul boshlandi

Dasturlash bo‘yicha IT MARAFON – bu dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi va o‘ziga berilgan virtual masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu marafon uch bosqichda bo‘lib o‘tadi:

Birinchi bosqich – 45 kunlik dasturlash bo‘yicha bilimlarni oshirish jarayoni. Bunda TATU professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha ishtirokchilarga tanlovga qo‘yiladigan masalalarni yechish bo‘yicha kerakli tushuncha va yo‘riqnomalar beriladi. 45 kunlik marafonning intensiv darslari bepul onlayn olib boriladi. Marafon natijalari yuqori bo‘lgan ishtirokchilar sovrinli bosqichlar ya’ni ikkinchi va uchinchi bosqichga yo‘llanma oladilar.

Ikkinchi bosqich – qatnashchilar orasida faqat TATU yoki filiallarining birinchi bosqich talabalari qatnashib sovringa ega bo‘ladilar va ikkinchi bosqich 2021 yilning yanvar oyi oxirida TATU va filiallari miqyosida o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich – 15-30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar orasidan tuzilgan jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda mamlakatimizning barcha yoshlari jamoa (3 kishilik) ko‘rinishida qatnashishlari mumkin. Uchinchi bosqich 2021-yilning may oyi oxirida Respublika miqyosida o‘tkaziladi.

«IT MARAFON–2021» dasturlash musobaqasining barcha g‘oliblari jami 60 000 000 so‘m sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lishadi.

Dasturlash marafonida 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Marafonda C++, C#, Java, Python va boshqa dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Malumot uchun: https://robocontest.uz saytida sport dasturlash bo‘yicha o‘zbek tilida kurslar mavjud.

Ro‘yxatdan o‘tish: robocontest.uz/register

Batafsil: https://bit.ly/IT-MARAFON2021

Ishtirokchilarda marafon bo‘yicha qo‘shimcha savollar bo‘lsa telegram orqali @robocontest_chat’ga murojaat qilishlari mumkin.

O‘QING: IT-Park rahbari: «Oliygohlar talabalari uchun yangi dastur yo‘lga qo‘yiladi»