Soxta smartfonlar reytingida Samsung, Apple va Xiaomi «yetakchi» bo‘ldi! (Master Lu, 2020 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  1754
  •  15.04.2020 15:51

Soxta smartfonlar reytingida Samsung, Apple va Xiaomi «yetakchi» bo‘ldi! (Master Lu, 2020 yil 1-chorak)

Joriy yilning boshida biz Master Lu ma’lumotlari asosida 2019 yili eng ko‘p soxtalashtirilgan smartfonlar reytingini chiqargandik. Mazkur benchmark servisi bu borada yangi ro‘yxat taqdim etdi.

O‘QING: Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Yangi reyting 2020 yilning birinchi choragida Xitoy bozorida eng ko‘p uchragan qalbaki smartfonlar statistikasiga asoslangan. Unga ko‘ra, shu kvartal mobaynida Master Lu benchmarkida jami 1 295 457 ta smartfon test qilib ko‘rilgan. Shular ichidan 7 931 tasi soxta telefonlar bo‘lib chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, «Osmon osti saltanati»da ko‘proq Samsung hamda Apple smartfonlarini soxtalashtirishar ekan.

Kuchli beshtalikdagi qalbaki smartfonlarning tekshirib ko‘rilishlari soni quyidagicha ekan: Samsung W2019 – 498 marta, iPhone X – 246 marta, iPhone 8 – 213 marta, iPhone XS Max – 172 marta va Xiaomi Mi Max 3 – 127 marta.

O‘QING: TOP-10: Ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar

Yana bir qiziq fakt: bultur Ikkita iPhone X narxidagi qo‘sh sensor ekranli «raskladushka» – Samsung W2018 modeli qalbaki smartfonlar tayyorlovchilar orasida eng ommabopi bo‘lgandi. Bu yilning mart oyida e’lon qilingan reytingda esa uning davomchisi – Samsung W2019 smartfoni «yetakchi» bo‘lgan va yilning ilk choragida ham bu qurilma birinchilikni «qo‘ldan bermagan».

Darvoqe, asl va qalbaki iPhone’ni farqlashga oid maslahatlar, Android-smartfon originalligini aniqlashning eng sodda va ishonchli usuli, MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlash yo‘li hamda Samsung smartfon va planshetlarining originalligini aniqlash bo‘yicha videoqo‘llanma ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Original Xiaomi quloqchinlarini qalbakilaridan qanday farqlaymiz?