SpaceX butun dunyoni bepul internet bilan ta’minlovchi yo‘ldoshlarning ilk partiyasini uchirmoqda

  •   DiMaX
  •  1767
  •  13.05.2019 16:17

SpaceX butun dunyoni bepul internet bilan ta’minlovchi yo‘ldoshlarning ilk partiyasini uchirmoqda

Serg‘ayrat tadbirkor Ilon Mask fazoviy sayyohlik va Marsni egallashni rejalashtirgan. Nafaqat bular, balki u butun Yer yuzini tekin internet bilan ta’minlashni ham niyat qilgan.

O‘QING: Xitoyning Marsdagi bazasi namoyish etildi (video)

SpaceX kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask butun dunyoga bepul internet hadya etish va’dasini eslatdi. Shunga mo‘ljallangan Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining birinchi yirik partiyasini u 15 may kuni uchirishini aytdi. Shu bilan birga, u parvoz maydonchasidan olingan suratni ham e’lon qildi.

Aytish kerakki, SpaceX kompaniyasi Starlink nomli ushbu tashabbus uchun allaqachon AQSh Aloqa komissiyasi – FCC ruxsatini olgan, faqat rejalashtirilgan yo‘ldoshlarning kamida yarmi yaqin olti yil ichida uchirilishi sharti bilan. Shu kungacha sun’iy yo‘ldoshlardan faqat ikkita sinov namunasi – TinTin A hamda TinTin B orbitaga chiqarilgan.

O‘QING: SpaceX ikki marta uchirilgan yagona raketa – Falcon 9’ni yana fazoga yo‘llamoqda

Ilon Mask, shuningdek, parvozga tayyorlanayotgan Falcon 9 raketasining bosh qismi «o‘zagi»ning rasmini ham o‘zining Twitter-blogida ko‘rsatdi. Ushbu raketa 60 ta satellitdan iborat ilk partiyani Yerning past orbitasiga yetkazadi. E’lon qilingan rasmda esa Falcon 9 bosh qismining ichida Tesla avtomobili aks ettirilgan:

Fazoviy internetning sinovini boshlash uchun yana kamida oltita shunday parvoz amalga oshirilishi kerak. Yer yuzini nisbatan barqaror internet bilan ta’minlash uchun esa – kamida 12 ta parvoz orqali sun’iy yo‘ldoshlar uchirilishi talab etiladi. SpaceX orbitaga jami 12 mingga yaqin yo‘ldosh uchirishni rejalashtirgan.

Rejaga ko‘ra, Starlink loyihasining muvaffaqiyatli faoliyati Yer yuzining istalgan nuqtasida internetga kirish imkonini taqdim etishi kerak. SpaceX’ning ta’kidlashicha, bu maqsadda uchirilayotgan sun’iy yo‘ldoshlar mutlaqo xavfsiz bo‘lib, orbitadan chiqib ketgan taqdirda ham atmosferada yonib yo‘qolib ketadi va ziyon yetkazmaydi.

O‘QING: «O‘zbektelekom»: internet tezligi oshirilib, narxlar pasaytirilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.