SpaceX ilk kosmik sayyohlari qachon parvoz qilishadi?

  •   DiMaX
  •  631
  •  29.01.2021 16:46

SpaceX ilk kosmik sayyohlari qachon parvoz qilishadi?

Ilon Maskning fazo kemasi birinchi kosmik sayyohlar bilan Xalqaro kosmik stansiyasiga 2022 yilning yanvaridan ilgari jo‘namaydi. Buni Amerikaning Axiom Space shirkati ma’lum qildi, deb yozadi UZZOOM nashri.

O‘QING: Sakkiz yil kutilgan parvoz: tarixda ilk bor xususiy kompaniya fazogirlarni XKSga uchirdi! (+video)

Kompaniya ilgari Xalqaro kosmik stansiyasiga Crew Dragon’ning birinchi parvozi ishtirokchilarining ismlarini ma’lum qilgan. Axiom Space saytida ma’lum qilinishicha, kosmosga uchish uchun birinchi imkoniyat 2022 yil yanvaridan ilgari mavjud bo‘lmaydi. Avval parvoz mazkur yilning so‘ngiga qadar amalga oshiriladi, deb taxmin qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Crew Dragon fazo kemasi SpaceX xususiy tashkiloti asoschisi va rahbari, dunyoning eng badavlat kishisi bo‘lmish biznesmen va muhandis Ilon Mask tomonidan ishlab chiqilgan.

Axiom Space kompaniyasi esa 2016 yili NASAda XKS dasturining sobiq rahbari Maykl Saffredini tomonidan tashkil etilgan.

O‘QING: SpaceX’ning olamshumul rekordi: birorta davlat ham uddalay olmagandi! (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!