SpaceX shu yozning oxirigacha butun dunyoga simsiz internet va’da qilmoqda

  •   DiMaX
  •  837
  •  23.06.2021 14:31

SpaceX shu yozning oxirigacha butun dunyoga simsiz internet va’da qilmoqda

Ilon Mask asos solgan SpaceX SpaceX kompaniyasi yozning oxiriga qadar 12 mingta sun’iy yo‘ldoshni joylashtirmoqchi va butun dunyoni simsiz Internet bilan ta’minlamoqchi. Bu haqda korporatsiya prezidenti Gvinn Shotvel ma’lumot bergan, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Tezkor internet ulashuvchi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari kimga xalaqit beryapti?

Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimining umumiy qiymati 10 milliard dollarni tashkil etadi.

Allaqachon 1,8 ming sun’iy yo‘ldoshdan iborat guruh tayyor. Kompaniya ularni ishchi orbitaga chiqishini kutmoqda. Shundan so‘ng, SpaceX nazorat qiluvchi organlardan ruxsat olishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha doirasida birinchi sun’iy yo‘ldoshlar 2019 yil bahorida orbitaga chiqarilgan. Hammasi bo‘lib Starlink tarmog‘i uchun 30 mingga yaqin kichik moslamalarni joylashtirish rejalashtirilgan.

O‘QING: Ilon Mask xursand: Starlink interneti endi o‘z kuchini ko‘rsatdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!