SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

SpaceX uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini 60 ta sun’iy yo‘ldosh bilan birga uchirdi

AQShning SpaceX kompaniyasi uchinchi urinishdan Falcon 9 raketasini Starlink loyihasining 60 ta sun’iy   yo‘ldoshi bilan birga uchirdi. Loyiha internet-trafikni uzatish global tarmog‘ini yaratishga mo‘ljallangan. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Raketa Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan kosmodromdan mahalliy vaqt bilan 23 may soat 22:30da uchirilgan.

SpaceX’da ma’lum qilinishicha, sun’iy yo‘ldoshlar 550 km balandlikka olib chiqiladi. 

Raketa dastlab 15 may kuni AQShning sharqiy sohilbo‘yidan uchirilishi kerak edi, biroq start yomon ob-havo sababli qoldirilgan. Keyingi kungi parvoz qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazish va sun’iy yo‘ldoshlar dasturiy ta’minotini yangilash zarurati sababli yana bekor qilingandi. 

O‘QING: Quyosh tizimidagi sayyoralarga qancha vaqtda yetib borsak bo‘ladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.