Speedtest: Galaxy S23 Ultra vs iPhone 14 Pro Max

Speedtest: Galaxy S23 Ultra vs iPhone 14 Pro Max

Fevral oyining birinchi kunida taqdim etilgan Galaxy S23 Ultra hozirgi vaqtda eng kuchli Android smartfonlaridan biri bo‘lib turibdi. iOS tizimida esa eng kuchli smartfon bu iPhone 14 Pro Max. Xo‘sh, ikki smartfonning qay biri tezroq ishlaydi. Bunga YouTube platformasidagi PhoneBuff kanali javob topishga harakat qildi. 

Test jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchisi bir necha ilovalarni ochish bo‘lsa, ikkinchisi ochilgan ilovalarni yana qayta ochish. Oxirgi uch yilda PhoneBuff o‘tkazgan testda hech qaysi Android smartfon iPhone modellarini birinchi bosqichda yuta olmayotgan edi. Biroq S23 Ultra birinchi bosqichda iPhone 14 Pro Max'dan ko‘ra tezkorroq bo‘lib chiqdi.

Garchi S23 Ultra raqibiga qaraganda kattaroq tezkor xotiraga ega bo‘lishiga qaramay, iPhone 14 Pro Max ilovalarni qayta ochish bosqichida Samsung flagmanidan ustun keldi. Demak, speedtest natijalari durangni ko‘rsatdi. 

O‘QING: Honor Magic5 Pro – DxOMark kamera reytingining yangi qirolini qarshi oling!