Speedtest: jahon internet tezligi reytingida O‘zbekiston pozitsiyasi yaxshilandi

  •   DiMaX
  •  872
  •  21.10.2020 08:30

Speedtest: jahon internet tezligi reytingida O‘zbekiston pozitsiyasi yaxshilandi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yil sentyabr oyidagi internet tezligi natijalari haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

Yangi reytingga ko‘ra, O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha bir oyda ikki pog‘onaga, mobil internet tezligi bo‘yicha esa bitta pog‘onaga ko‘tarildi.

Mamlakatimiz umumiy reytingida 176 ta davlat qatoridan 96-pog‘onaga ko‘tarilib, aniqlangan internet tezligi 30,5 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Aytish joizki, bir yil avval respublikamiz jahonda 112-o‘rinni egallagan, internet tezligi esa 19,91 Mbit/soniyani tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, bir yil ichida aniqlangan internet tezligi 10 Mbit/soniyadan yuqori ko‘rsatkichlarga o‘sdi va respublikamiz 16 pozitsiyaga ko‘tarildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham O‘zbekiston 6 ta pog‘onaga ko‘tarildi – 131-o‘rindan 125-o‘ringacha. Shu tarzda mobil internet bo‘yicha tezligi ham 10,79 Mbit/soniyadan 13,54 Mbit/soniyagacha ko‘tarildi.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.