Speedtest.net’ning internet tezligi reytingida O‘zbekiston yanada pastladi

  •   DiMaX
  •  960
  •  16.04.2019 13:09

Speedtest.net’ning internet tezligi reytingida O‘zbekiston yanada pastladi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi 2019 yil mart oyi yakunlari bo‘yicha Speedtest Global Index oylik reytingini e’lon qildi. Mazkur reyting jahonda mobil va simli internet tezligi haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, deb yozadi «Kun» nashri.

O‘QING: Speedtest: O‘zbekiston internet tezligi reytingda yuqoriladi

Xabarga ko‘ra, reytingda O‘zbekistonning pozitsiyalari yanada yomonlashgan:

  • mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha bir pozitsiyani yo‘qotdi va 9,49 Mbit/s. tezlik bilan 127-o‘rinni egalladi;
  • simli internet tezligi bo‘yicha 11,81 Mbit/s. tezlik bilan 178 davlat orasida 131-o‘rindan joy oldi.

Norvegiya mobil internet (67,54 Mbit/s.) tezligi, Singapur esa simli internet (199,62 Mbit/s.) tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.

Speedtest servisdan o‘z ulanishi tezligini tekshirishda foydalanuvchi shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tezlikni hisoblab chiqaradi hamda reytingni shakllantiradi.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!