Speedtest: O‘zbekiston yana to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi, mobil internet tezligi 64,8 foizga oshdi!

  •   DiMaX
  •  550
  •  21.06.2021 14:07

Speedtest: O‘zbekiston yana to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi, mobil internet tezligi 64,8 foizga oshdi!

Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net servisi 2021 yilning may oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda, O‘zbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayd etilgan, deb yozadi AKT vazirligi Axborot xizmati.

O‘QING: Operatorlarga internet tezligini ko‘rsatishda «-gacha» qo‘shimchasidan foydalanish rasman taqiqlandi

Ta’kidlash kerakki, bir yil ichida O‘zbekiston simli internet tezligi bo‘yicha 1,5 barobarga (53,2 foizga) o‘sganligi qayd etildi, ya’ni 26,45 Mbit/soniyadan (2020 yil may holatiga ko‘ra) 40,54 Mbit/soniyagacha (2021 yil may holatiga ko‘ra).

Mobil internet tezligi bo‘yicha ham ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil may oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yana to‘rtta pog‘onaga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 11,26 Mbit/soniyadan (2020 yil may holatiga ko‘ra) 18,56 Mbit/soniyagacha o‘sdi (2021 yil may holatiga ko‘ra). Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 64,8 foizga ko‘tarilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezligi yana oshadi