Speedtest: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida simli va mobil internet tezligi oshdi

  •   DiMaX
  •  1095
  •  03.06.2020 10:14

Speedtest: O‘zbekistonda pandemiya vaqtida simli va mobil internet tezligi oshdi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra koronavirus pandemiyasining internet tezligiga ta’sirini e’lon qildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi

Uning natijalarga ko‘ra, jahon miqyosida COVID-19 pandemiyasi sharoitida internetning (Fixed Speed Change) o‘rtacha tezligi 1 foizga, mobil internet  (Mobile Speed Change) tezligi esa 7 foizga o‘sgan, xolos.

O‘zbekistonda bo‘lsa ko‘rsatkichlar yuqoriroq: simli internet (Fixed Speed Change) tezligi 6 foizga, mobil internet (Mobile Speed Change) tezligi esa 18 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash kerakki, oxirgi yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2020 yil aprel holatiga Internet tezligi bo‘yicha reytingida O‘zbekiston 94-pog‘onani egallagan. Ya’ni, bir yil davomida 37 pog‘onaga ko‘tarilgan – 131-o‘rindan yuqorilab, 94-pog‘onadan joy olgan. O‘zbekistonda oxirgi yil natijalariga ko‘ra internet tezligi qariyb 2,3 baravarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/soniya bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil aprel holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/soniyagacha ko‘tarilgan. 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,12 Mbit/soniyani tashkil etdi.

Bundan tashqari, oxirgi oy natijalariga ko‘ra mobil internet tezligi ham o‘smoqda: birgina 2020 yil aprel holatiga mobil internet tezligi 9,68 Mbit/soniyani tashkil qilgan bo‘lsa, bir oy ichida mazkur ko‘rsatqich 11,92 Mbit/soniyagacha o‘sdi!

O‘QING: Dunyodagi barcha 5G-tarmoqlar xaritasi ishga tushdi: Markaziy Osiyoda bittagina mamlakat!

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!