Speedtest: Pandemiya paytida O‘zbekistonda internet tezligi dunyodagiga ko‘ra ko‘proq oshdi

  •   DiMaX
  •  1336
  •  29.06.2020 15:30

Speedtest: Pandemiya paytida O‘zbekistonda internet tezligi dunyodagiga ko‘ra ko‘proq oshdi

Avvalroq Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra koronavirus pandemiyasining internet tezligiga ta’sirini e’lon qilgan edi. Endi esa u yilning ikkinchi yarmi holatiga ko‘ra vaziyatni ma’lum qildi, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: Endi shiddatli internet va uy telefoni – ikkitasi bittada!

Servisning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda simli internet (Fixed Speed Change) tezligi 8 foizga, mobil internet tezligi esa 16 foizga (Mobile Speed Change) ko‘tarilgan.

Aytish kerakki, yurtimizda har ikki yo‘nalishdagi internet tezligi o‘sishi jahon miqyosidagiga nisbatan yuqoriroq ekanligi kuzatiladi. Zero, pandemiya sharoitida iyun holatiga ko‘ra dunyo miqyosida simli internet tezligi 2 foizga, global mobil internet tezligi esa 8 foizga ko‘tarilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda oxirgi bir yilda internet tezligi bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Tahlillarga ko‘ra, internet tezligi qariyb 2,3 baravarga o‘sgan. 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/soniya bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yil 1 iyun holatiga ko‘ra 26,77 Mbit/soniyani tashkil etdi. 2020 yil 15 iyun holatiga ko‘ra esa O‘zbekistonda internet tezligi 27,59 Mbit/soniyagacha ko‘tarildi.

O‘QING: 10 yilda internet tezligi qancha oshdi va O‘zbekistondagi holat qanday? (Speedtest reytingi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.