Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

  •   DiMaX
  •  2699
  •  24.12.2019 09:12

Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Ookla kompaniyasining internet tezligini o‘lchovchi Speedtest testlari butun dunyoda keng qo‘llanadi. Jumladan, uning O‘zbekistondagi internet tezligi borasidagi sinovlari va umuman shu mavzuga oid bir nechta xabarlar chiqarganmiz.

O‘QING: Internet biz kutgandek bo‘lmadi(mi)?

Mazkur kompaniya 2019 yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha internet tezligi sinovlari yakunlarini e’lon qildi. Mutaxassislar uchta yetakchi smartfonsozning flagman telefonlari – Galaxy S10, iPhone XS hamda Huawei Mate 20 Pro modellarida dunyo bo‘yicha o‘tkazilgan testlar natijalarini tahlil qilib ko‘rishgan. Aniqrog‘i, dunyoning 15 ta hududida, jumladan – Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Hindiston, Italiya, Nigeriya, Rossiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya hamda Buyuk Britaniyadagi ushbu smartfonlarda Speedtest orqali internet tezligini o‘lchashlarning ko‘rsatkichlari o‘rganilgan.

Ookla ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat hududlarda Galaxy S10 o‘z raqiblaridan ustunligini namoyon etgan:

Yuqoridagi diagrammada ko‘rib turganingizdek, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya va Buyuk Britaniyadagina internetga kirish tezligi bo‘yicha Huawei Mate 20 Pro yoki iPhone XS ustunlikka erishgan. Nigeriyada faqat iPhone XS natijalari aks ettirilganiga sabab – bu mamlakat foydalanuvchilari Galaxy S10 va Huawei Mate 20 Pro flagmanlarida yetarli miqdorda Speedtest sinovini o‘tkazib ko‘rishmagan.

Yaqqol chempion – Galaxy S10 modelida internet tezligi masalasiga kelsak, uning natijalari 18,06 Mbit/soniya (Hindiston) va 95,91 Mbit/soniya (Kanada) orasida.

O‘QING: «O‘zbektelekom» mobil aloqa va internetni misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi!