Speedtest.net servisi: O‘zbekistonda internet tezligi iyun oyida jahondagidan ko‘proq ko‘tarildi

  •   DiMaX
  •  1122
  •  08.07.2020 08:39

Speedtest.net servisi: O‘zbekistonda internet tezligi iyun oyida jahondagidan ko‘proq ko‘tarildi

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi hisobotiga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi yarmi holatiga ko‘ra, pandemiya paytida O‘zbekistonda internet tezligi dunyodagiga ko‘ra ko‘proq oshgan. Kompaniya endi 2020 yilning iyun holatiga ko‘ra internet sur’ati ko‘rsatkichlarini taqdim etdi, deb yozadi AKT vazirligi.

O‘QING: Endi shiddatli internet va uy telefoni – ikkitasi bittada!

Speedtest.net servisi iyun oyida COVID-19 pandemiyasining global internet sur’atiga ta’sirini e’lon qildi. Buning natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda simli internet tezligi (Fixed Speed Change) 17 foizga, mobil internet tezligi (Mobile Speed Change) esa 26 foizga ko‘tarilgan.

Aytish kerakki, jahon miqyosida koronavirus pandemiyasi sharoitida iyun holatiga ko‘ra simli internet tezligi 3 foizga, global mobil internet tezligi esa dunyo bo‘ylab 9 foizga ko‘tarilgan.

O‘zbekistondagi va jahondagi internet tezligining yuqoridagi ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rganimizda, yurtimizda internet sur’atining o‘sishi (ayniqsa, simli internet borasida) ancha yuqori ekaniga guvoh bo‘lamiz.

O‘QING: Atigi 10 ming so‘mdan boshlanuvchi ChEKSIZ internetga kelib qoling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!